| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi86 marta oʻqildi

OTB sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun Oʻzbekistonga 100 million dollar ajratadi

Ajratilgan mablagʻdan COVID-19ga qarshi samarali javob berish va test oʻtkazish tizimlarini takomillashtirish koʻzda tutilgan.

OTB sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun Oʻzbekistonga 100 million dollar ajratadi

Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash tizimining favqulodda vaziyatlariga, shu jumladan, koronavirus pandemiyasiga chidamliligini oshirish uchun 100 mln dollarlik kreditni maʼqulladi, deb xabar beriladi bank saytida. Loyiha doirasida COVID-19ga qarshi samarali javob berish (diagnostika va reaksiya) hamda test oʻtkazish tizimlarini takomillashtirish rejalashtirmoqda.

"COVID-19 pandemiyasi rivojlanayotgan epidemiologik ssenariy va davolash usullari bilan favqulodda miqyos va xarakterga ega. Mamlakat sogʻliqni saqlash tizimining sifati, xavfsizlik standartlari, protokollari va xizmatlarini yaxshilash orqali mazkur loyiha Oʻzbekiston aholisini Covid-19 va kelajakda salomatlikka taʼsir qilishi mumkin boʻlgan tahdidlardan himoya qilishga yordam beradi", dedi OTB vitse-prezidenti Shisin Chen

Maʼlum qilinishicha, mazkur loyiha OTB tomonidan mamlakatga ajratilayotgan qoʻllab-quvvatlash kompleks paketining bir qismi hisoblanib, u hukumatning inqirozga qarshi chora-tadbirlari va joriy texnik yordam uchun 500 mln dollar miqdoridagi qarzni ham oʻz ichiga oladi.

Bundan tashqari, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (AIIB) ushbu loyiha uchun 100 million dollar miqdorida, Oʻzbekiston hukumati esa qoʻshimcha 57 million dollar miqdorida mablagʻ ajratadi.

Loyiha doirasida mamlakat boʻylab 38 ta laboratoriyada tibbiyot xodimlari uchun xavfsiz ishlash sharoitlarini tashkil etish, ularni individual himoya va boshqa tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash uchun taʼmirlash ishlarini amalga oshirish koʻzda tutilgan. Bunda, 80 foizdan ortigʻini ayollar tashkil qiluvchi tibbiyot xodimlari va kasallikni yuqtirish xavfi yuqori boʻlgan muassasa xodimlariga diagnostika xizmatlaridan foydalanishda ustuvorliklar taqdim etiladi.

Loyiha doirasida epidemiologik kuzatuv va COVID-19ga javob berishning raqamli milliy tizimi yaratiladi. U maʼlumotlarni yosh va jinsga ajratgan holda taqdim etish imkoniyatini beradi.

"Bu Oʻzbekistonga COVID-19 bilan bogʻliq holatlarini aniqlash va kontaktlarni kuzatish, skrining, testdan oʻtkazish, yakkalash va mamlakat boʻylab tarqalishining oldini olish imkoniyatlarini kengaytiradi", deya taʼkidlanadi xabarda.

Shuningdek, loyiha tibbiy protokollarni ishlab chiqish va eʼlon qilish, sogʻliqni saqlash sohasi xodimlarining bemorlarni davolaydigan birlamchi boʻgʻini va shaxslarini oʻqitish, COVID-19 kasalligining potensial holatlarini aniqlash va ularga mos keluvchi tavsiyalarni taqdim etishda yordam beradi. Skrining va laboratoriyalarda namunalarni toʻplash va tashish bilan bogʻliq jarayonlar kuchaytiriladi.

16 ta COVID-19 davolash markazi, jumladan, yuqumli kasalliklar boʻyicha 14ta mintaqaviy kasalxona va ikkita milliy darajadagi kasalxona taʼmirlanadi. Ushbu kasalxonalardagi jihozlar modernizatsiya qilinadi. Bunda, markazlarda intensiv davolash boʻlimlari kengaytiriladi va qoʻshimcha tez yordam avtomobillari bilan taʼminlanadi. Shu bilan bir qatorda, xodimlar infeksiyalarni profilaktika va nazorat qilish, xavfsizlik va bemorlarga sifatli xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻqitiladi.

Taʼkidlanishicha, loyihani amalga oshirish zudlik bilan boshlanadi va 2022 yilning iyul oyida yakunlanishi kerak. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi loyihani bajaruvchi organlar etib koʻrsatilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ