Oʻtkazilgan maxsus tadqiqot pandemiya oqibatlari qay darajada bartaraf etilayotganligini koʻrsatmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda «Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab» loyihasi tashkil etildi va u oʻz tadqiqot natijalarini eʼlon qildi. Mazkur tadqiqotda ikkala tashkilot birgalikda aholi turli qatlamlariga mansub 1500 oilada maxsus soʻrovnoma oʻtkazildi.

Pandemiya tufayli eʼlon qilingan karantin cheklovlari dunyo davlatlarining deyarli barchasida aholi turmush darajasiga sezilarli ravishda salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bu holat tabiiy ravishda Oʻzbekistonda ham namoyon boʻlmoqda. Mamlakatimiz rahbariyati aholining karantin cheklovlari tufayli vaqtincha ishsiz qolgan yoki ishlab chiqarish hajmlari qisqarishi oqibatida daromadlari kamaygan guruhlarini qoʻllab-quvvatlash borasida juda katta tadbirlar oʻtkazyapti.
Lekin pandemiya darajasining hozircha tobora kuchayib borayotganligi davlat organlari oldida aholi turli qatlamlarining qay darajada zarar koʻrayotganligini haqqoniy aniqlash masalasini koʻndalang qoʻymoqda.
Ana shu maqsadda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda «Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab» loyihasi tashkil etildi va u oʻz tadqiqot natijalarini eʼlon qildi. Mazkur tadqiqotda ikkala tashkilot birgalikda aholi turli qatlamlariga mansub 1500 oilada maxsus soʻrovnoma oʻtkazildi.
Inqiroz tufayli aholi turmush darajasi qay darajada oʻzgarganligini aniqlash tadqiqotning eng muhim masalalaridan biri boʻldi. Maʼlum boʻldiki, oylik olib ishlovchilarning ish bilan taʼminlanganlik darajasi iyun oyida 2019 yil darajasiga qaytdi. Uy xoʻjaliklarida ishdan ayrilgan yoki ishga chiqmayotgan aholi miqdori aprel oyida 19 foizni tashkil etgan boʻlsa, bu raqam iyun oyiga kelib sezilarli darajada oshdi va 3 foizga toʻgʻri keldi.
Shunday ijobiy oʻzgarish aholining oʻzini-oʻzi ish bilan band qilgan qatlamlarida ham kuzatildi. Yaʼni aprel oyida oʻzini-oʻzi ish bilan taʼminlaganligi haqida xabar berganlar miqdori 67 foiz boʻlsa, iyun oyida ularning ulushi 26 foizni tashkil etdi.
Bunday ijobiy oʻzgarishlar yuz berayotganligi bilan bir qatorda hali ishsiz va daromadlari kamaygan odamlar soni ham aniqlandi. Shu tufayli soʻrov-noma natijalariga koʻra, pandemiya davrida mamlakatimiz aholisining iqtisodiy qiyinchilikni boshidan oʻtkazayotgan 3,8 mln kishiga turli shakllardagi yordam koʻrsatilgan. Bu miqdor mamlakatimiz aholisining 11 foizini tashkil etadi.
Shu oʻrinda savol tugʻilishi aniq. Yaʼni bu yordam qanday koʻrinishda koʻrsatilgan, degan savol tugʻilishi tabiiy bir holdir. Soʻrovnomada ishtirok etgan oilalar olingan yordam pul koʻrinishida boʻlmagan nafaqa yoki vaucherlar shaklida amalga oshirilganligini qayd etishdi.
Soʻrovnomada yana shu holat maʼlum boʻldiki, koʻrsatilgan yordamning katta qismi shahar aholisiga toʻgʻri kelyapti. Buni qishloqda oʻzini oʻzi boqish imkoniyatlari shaharga nisbatan koʻproq ekanligi bilan izohlash mumkin.
Tadqiqotda aholi xarajatlari miqdori qay darajada oʻzgarganligi masalasi ham oʻrganildi. Maʼlum boʻldiki, soʻrovnomada qatnashgan oilalarning 60 foizdan koʻprogʻida oxirgi 30 kunda oldingi davrlarga nisbatan xarajatlar koʻproq boʻlgan. Xarajatlarning oshishiga pandemiya tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz davrida daromadlar miqdorining pasayishi va baʼzi bir oilalarda esa tibbiyot va dori-darmon xarajatlarining nisbatan koʻproq boʻlganligi taʼsir koʻrsatgan.
Tadqiqotda xorijda migratsiyada boʻlgan aholining 2019 yilning shu davriga nisbatan 3 foiz miqdorga kamayganligi, chetga ishlagani chiqishni xohlovchilar deyarli qolmaganligi ham maʼlum boʻldi.
Mazkur soʻrovnomada aholining koronavirus sharoitiga qay darajada moslasha olganligi masalalari ham oʻrganildi. Maʼlum boʻldiki, odamlarda pandemiyadan xavotirlik darajasi kamaygan, mazkur sharoitda oʻzini tutish tartib-qoidalariga rioya qilish esa oshgan.
Xulosa qilib aytganda, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda oʻtkazilgan «Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab» loyihasida olingan natijalar koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini kamaytirish borasida mamlakati-mizda amalga oshirilayotgan chora va tadbirlarning samarali ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Shu bilan bir qatorda soʻrovnoma jarayonning ogʻriqli nuqtalarini ham koʻrsatib berdi. Bu esa oʻz navbatida davlatimiz rahbariyatiga aniqlangan kamchilik va muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish uchun xizmat qiladi.
Odil Olimjonov,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Oʻzbekistonda paxta, bugʻdoy, pomidor, kartoshka, sut va boshqa mahsulotlarning oʻrtacha hosildorligi uning haqiqiy quvvatidan ancha past

