| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi98 marta oʻqildi

Pandemiya davrida Surxondaryodan 24,2 million AQSh dollarlik loviya eksport qilindi

Eksport qilingan loviyaning asosiy xaridorlari Pokiston va Afgʻoniston davlatlari hisoblanadi.

Pandemiya davrida Surxondaryodan 24,2 million AQSh dollarlik loviya eksport qilindi

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari orqali viloyatdan jami 29,4 million AQSh dollarlik 20 ming tonnadan ortiq loviya mahsulotlari xorijga eksport qilingan, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Eksport qilingan loviyaning asosiy xaridorlari Pokiston va Afgʻoniston davlatlari hisoblanadi.

Yana bir jihat shundaki, pandemiya boshlangan davrdan, yaʼni 2020 yilning mart oyidan shu kunga qadar Afgʻoniston va Pokiston davlatlariga 24,2 million AQSh dollarlik 14,1 ming tonna loviya eksporti amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, joriy yilning oʻtgan davrida Surxondaryo viloyatidan mazkur ikki davlatga 9,4 million AQSh dollarlik mosh va 2,2 million AQSh dollarlik noʻxat mahsulotlari ham sotildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ