Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun maxsus shifoxonalar tashkil etildi
Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari tashkil etildi.

“Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari tashkil etildi.
Shuningdek, qaror bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash maqsadida tashkil etiladigan vaqtinchalik shifoxonalar quyidagicha biriktirildi:
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining “Universal” sport majmuasidagi 750 oʻrinli - IIVning markaziy gospitaliga;
“Oʻzekspomarkaz” MKK AJ 1 va 2-son pavilonidagi 814 oʻrinli - Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik gospitaliga;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Nazarbek” sogʻlomlashtirish maskanidagi 350 oʻrinli - Milliy gvardiya va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga ;
Yoshlik sport majmuasidagi 520 oʻrinli - DXXning markaziy harbiy gospitaliga;
“Oʻzekspomarkaz” MKK AJ 3 va 4-son pavilonidagi 1000 oʻrinli, Sergeli tumanidagi 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabidagi 250 oʻrinli, Olimpiya zaxiralari sport saroyidagi 500 oʻrinli - Toshkent shahar hokimligiga.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

