| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi170 marta oʻqildi

Viloyatlarda «maxsus poliklinikalar» faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslarni ambulator davolashga ixtisoslashgantunu kun faoliyat koʻrsatuvchi «maxsus poliklinikalar» faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Viloyatlarda «maxsus poliklinikalar» faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda Toshkent shahri tajribasidan kelib chiqqan holda, koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslar hamda ushbu infeksiya tasdiqlangan bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatish va ularni ambulator davolashga ixtisoslashgan «maxsus poliklinikalar» faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Birinchi navbatda shifoxonaga joylashtiriladigan bemorlar roʻyxati shakllantirildi

Fuqarolarga qulaylik yaratish, shuningdek, ularga malakali tibbiy yordamni oʻz vaqtida koʻrsatishni taʼminlash maqsadida «maxsus poliklinikalar» va maxsus taqsimlash markazlarining tunu kun faoliyat koʻrsatishi belgilandi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining Qurbon hayitini koronavirus pandemiyasi davrida karantin talablariga muvofiq oʻtkazish toʻgʻrisidagi bayonoti maʼlumot uchun qabul qilindi va mahalliy hokimliklarga tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirigʻi berildi.

Fuqarolarga Qurbon hayitining karantin talablariga muvofiq, uy sharoitida, oila davrasida, hashamatsiz va kamtarona, tartibli hamda xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish tavsiya etildi.

Yuqoridagilardan tashqari Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlarining faoliyatini jadallashtirish, shuningdek, taʼminot manbai boʻlmagan yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan, boquvchisidan ajralgan, ogʻir kasallari bor, koʻp bolali, ijtimoiy nafaqasi real ehtiyojlarini qoplamaydigan va undan boshqa daromad manbai boʻlmagan, ota-onalaridan biri yoki ikkisi ham nogiron boʻlgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Qurbon hayiti kuni va shanba-yakshanba kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish toʻxtatiladi

Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari va boshqa xodimlarga qonun hujjatlarida toʻlanishi nazarda tutilgan qoʻshimcha toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab berilishini taʼminlash va nazorat qilish boʻyicha ishchi guruh tashkil etildi va uning vazifalari belgilab berildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ