Putin bugun koronavirusga qarshi ilk vaksina roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida xabar berdi
Vaksina sinovida Putinning qizlaridan biri ham ishtirok etgan va bir kunda uning tana harorati 38 dan 37 ga tushgan

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi vaksina roʻyxatga olinganini eʼlon qildi.
“Menga maʼlum boʻlishicha, bugun ertalab dunyoda birinchi yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina roʻyxatdan oʻtkazildi”, degan Putin hukumat aʼzolari bilan yigʻilishda.
U koronavirusga qarshi vaksina ustida ish olib borganlarga minnatdorchilik bildirgan va bu butun dunyo uchun muhim qadam ekanini qayd etgan.
Vaksina sinovida Putinning qizlaridan biri ham ishtirok etgan va bir kunda uning tana harorati 38 dan 37 ga tushgan.
Dastlab vaksina avgust oyidan boshlab tibbiyot xodimlariga qoʻllanadi, 1-yanvardan boshlab ommaviy vaksinatsiya ishlari boshlanadi.
Shuningdek, Putin hukumatga bepul vaksinatsiya oʻtkazish va aholining 60 foizini kuz-qish mavsumi oldidan grippga qarshi emlashga koʻrsatma bergan.
Grippga qarshi emlashda xavf guruhiga kiruvchi 75 foiz odam qamrab olinishi kerakligi qayd etilgan.
Bundan tashqari, Putin vaksinatsiya qilish jarayonida ixtiyoriylik prinsipini unutmaslikka chaqirdi. Prezident vaksina olish odamlarning oʻz xohishi ekanini, ammo keyin ular oʻzi va oila aʼzolari salomatligi uchun javobgar boʻlishini aytib oʻtgan.
Dastlab vaksina avgust oyidan boshlab tibbiyot xodimlariga qoʻllanadi, 1 yanvardan boshlab ommaviy vaksinatsiya ishlari boshlanadi.
Maʼlumot uchun, Rossiyada roʻyxatdan oʻtkazilgan vaksina Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazida tayyorlangan. Uning sinovida qatnashgan barcha koʻngillilarda koronavirusga qarshi immunitet paydo boʻlgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

