Jasur Qarshiboyev: Oʻzbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun $1 mlrd. koʻproq mablagʻ oldi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) va Jahon banki tomonidan koronavirusga qarshi kurashish uchun Oʻzbekistonga ajratilgan kreditlarning umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Moliya vazirligi Davlat ichki va tashqi qarz departamenti direktori Jasur Qarshiboyev qarzlar qanday shartlar asosida olinayotgani toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, Jahon banki tomonidan Islohotlarni qoʻllab-quvvatlash loyihasi (2-transh) yuzasidan qoʻshimcha moliyalashtirish sifatida 200 mln. dollar miqdoridagi imtiyozli kredit 30 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 1,2% oʻzgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,88% oʻzgaruvchan spred) ajratildi.
IXalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan respublika iqtisodiyotiga koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida 375 mln. AQSh dollari ekvivalentida kredit mablagʻlari ajratildi.
Imtiyozli kreditlar oʻz ichiga 10 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 125 mln. AQSh dollariga teng foizsiz tezkor kreditlash liniyasi va 5 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) 250 mln. AQSh dollari 1,05% oʻzgaruvchan stavkadagi tezkor moliyalashtirish instrumentini oladi.
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi byudjetni qoʻllab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit 15 yilga (shundan, 3 yil imtiyozli) 0,84% oʻzgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,5%) ajratildi.
Bildirilishicha, Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasiga xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilingan mablagʻlarni prezidentning hamda hukumatning tegishli farmon, qaror va koʻrsatmalariga asosan ajratilmoqda hamda mazkur ajratilgan mablagʻlarning sarfi boʻyicha tegishli maʼlumotlar Moliya vazirligi tomonidan muntazam ravishda eʼlon qilinib kelinmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

