Shavkat Mirziyoyev: Bugundan boshlab shifokorlarning 14 kunlik ish xaqini joyida olish tizimi joriy etiladi
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan har bir maxsus shifoxonada alohida tijorat bankining kassalari tashkil qilinadi.

20 iyul kuni “Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bogʻliq holat hamda uni barqarorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar” mavzusida Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
“Bugundan boshlab koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan har bir maxsus shifoxonada alohida tijorat bankining kassalari tashkil qilinib, shifokorlarning 14 kunlik ish xaqini joyida olish tizimi joriy etiladi”, deya taʼkidladi davlat rahbari.
Koronavirusli bemorlar uchun ajratilgan shifoxonalarga qoʻshimcha 285 dona oʻpka sunʼiy ventilyasiyasi apparati, 155 dona oʻpkani yordamchi nafas oldirish uskunasi, 140 dona kislorod konsentratori, 200 ta funksional yotoqlar bilan taʼminlandi.
“Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida ushbu virusga shubhali boʻlgan bemorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatuvchi 500 oʻrinli Taqsimlovchi markaz tashkil qilinmoqda.
Xususiy klinikalarga ham bunday bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatishga ruxsat berildi va hozirda ularning roʻyxati tuzilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

