| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat2 daqiqada oʻqiladi328 marta oʻqildi

Prezident Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga hayfsan eʼlon qildi

Koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash boʻyicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani, bu kasallik bilan “pastga tushib” mukammal shugʻullanmagani uchun Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga hayfsan eʼlon qilindi. Shahar va viloyatning barcha sektor rahbarlari jiddiy ogohlantirildi.

Prezident Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga hayfsan eʼlon qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bogʻliq vaziyat muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

Prezident Toshkent shahri va poytaxt viloyatida oʻlim koʻpaygani sababli yigʻilish oʻtkazmoqda

Koronavirus kasalligi yurtimizga kirib kelganidan beri davlatimiz rahbari epidemiologik holatni jiddiy nazoratga olib, deyarli har bir yigʻilishda bu masalaga toʻxtalib oʻtmoqda. Kecha boʻlib oʻtgan selektorda ham joylarda bu boradagi ishlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisoboti eshitilgan edi. Ularning hozirgi murakkab vaziyatni toʻgʻri baholay olmayotgani, xavfni tushunib yetmayotgani ayonlashdi.

Ayniqsa, Toshkent shahri va poytaxt viloyatida hokimlar va sektorlar rahbarlari ishonib topshirilgan hududlardagi haqiqiy ahvolni oʻrganmagan, dedi bugungi yigʻilishda davlatimiz rahbari.

“Tibbiyot muassasalaridagi real vaziyatni bilmaydi. Aholini virusdan ogohlantirish va saqlash, kasallarni oʻz vaqtida va toʻgʻri davolash uchun masʼuliyatni his qilmagan”.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ham, keyingi bir oyda koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasi keskin buzilgan, real holatdan kelib chiqib, davolash amaliyoti oʻzgartirilmagan.

Toshkent shahrida kasallikni aniqlaydigan testlar va zarur tibbiyot vositalari yetishmayapti. Dorixonalarda virus va isitmaga qarshi preparatlar narxi asossiz, bir necha barobar oshirib yuborilgan, bu esa aholi orasida koʻplab eʼtirozlarga sabab boʻlmoqda.

Ayni paytda Toshkent shahri shifoxonalarida 418 ta, Toshkent viloyatida esa 816 ta shtat birliklari boʻsh turgani vazirlik va hokimiyat tomonidan joriy vaziyat oʻz holiga tashlab qoʻyilganidan dalolat beradi.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, aholi koronavirus va boshqa kasalliklar boʻyicha qayerga borib murojaat qilishni va davolanishni bilmay, sarson boʻlmoqda. Shoshilinch tibbiy yordamga qoʻngʻiroq qilib tushish qiyinlashib ketgan.

Virus yuqtirganlar soni poytaxtda 4 ming 92 tani va Toshkent viloyatida 1 ming 498 tani tashkil etmoqda. Bu butun mamlakat boʻyicha kasallarning 40 foizi deganidir. Toshkent shahrida koronavirusdan oʻlim soni ham keskin koʻpayib, 45 taga yetgan.

Prezident bunday achinarli holatlar aholining haqli shikoyat va eʼtirozlariga sabab boʻlayotganini taʼkidladi.

Koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash boʻyicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani, epidemiologik vaziyatning salbiy oʻzgarishlariga tayyor boʻlishni taʼminlamagani, bu kasallik bilan “pastga tushib” mukammal shugʻullanmagani uchun Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga hayfsan eʼlon qilindi. Shahar va viloyatning barcha sektor rahbarlari jiddiy ogohlantirildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ