Bogʻchalar, bozorlar, dam olish maskanlari, sartaroshxonalar va restoranlar faoliyati toʻxtatiladi
Toshkent shahriga avtotransport vositalari, shu jumladan, yoʻnalishsiz taksilarning kirishi va chiqishiga ruxsat berilmaydi.

Quyidagi faoliyat turlarini toʻxtatish boʻyicha cheklov joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi:
parklar va istirohat bogʻlaridagi attraksionlar;
buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shugʻullanuvchi yirik doʻkonlar;
sport zallari, fitnes klub, trenajer, basseynlar;
umumiy ovqatlanish obʼyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona. Yetkazib berish xizmati bundan mustasno);
maktabgacha taʼlim tashkilotlari, oʻquv kurslari va har qanday toʻgaraklar;
sanatoriylar (koronovirus infeksiyasidan davolangan va reabilitatsiya oʻtayotgan bemorlarga tibbiy yordam tashkil etiladigan sanatoriylardan tashqari), pansionatlar, bolalar oromgohlari, xostellar, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;
sartaroshxona va goʻzallik salonlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalari, shu jumladan, yoʻnalishsiz taksilarning kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno).
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

