| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat2 daqiqada oʻqiladi338 marta oʻqildi

Prezident topshirigʻi: COVID-19 ni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar, dori vositalarini realizatsiya qilish tartibi soddalashtiriladi

Ayrim dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat berilishi mumkin.

Prezident topshirigʻi: COVID-19 ni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar, dori vositalarini realizatsiya qilish tartibi soddalashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga asosan qabul qilingan Hukumat qarori bilan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishiga qarshi kurashishda mamlakatda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar taqchilligining oldini olish, shuningdek fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar, tibbiy texnikalar, dori vositalari va biologik faol moddalarni Oʻzbekiston Respublkasiga olib kirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan realizatsiya qilish tartibi soddalashtirildi.

Xususan, qarorga muvofiq, 2020 yil 1 oktyabrga qadar:

  • 84 turdagi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar, shu jumladan kislorod konsentratorlar, puls oksimetrlari hamda sink, magniy, selen yoki vitamin “D” moddalarini saqlovchi biologik faol qoʻshimchalar import qilinganda va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan va majburiy sertifikatlashtirilmasdan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish (import qilinganda) va realizatsiya qilish;

  • 46 turdagi dori vositalari import qilinganda va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganda ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan hamda 5 kunlik muddatda sertifikatlashtirish asosida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish (import qilinganda) va realizatsiya qilishga ruxsat berildi.

Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasiga Sogʻliqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining (Agentlik) qoʻshma xulosasi asosida qarorda belgilangan tibbiy buyumlar, tibbiy texnikalar, dori vositalari va biologik faol moddalar roʻyxatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Tibbiy buyum, tibbiy texnikalar, shu jumladan kislorod konsentratorlar, biologik faol qoʻshimchalar va dori vositalari importi bilan shugʻullanuvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar:

  • mahsulot sifati va xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi hamda oʻzlari tomonidan realizatsiya qilingan mahsulot haqidagi maʼlumotlarni mahsulot realizatsiya qilingan kundan boshlab 5 kun ichida Agentlikka taqdim etishlari;

  • dori vositalarini sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadogʻida halqaro patentlanmagan nomini oʻzbek yoki rus yohud ingliz tilida koʻrsatilishini taʼminlagan holda ishlab chiqaruvchi korxonaning sinov bayonnomasini va sinov usullari koʻrsatilgan hujjatni taqdim etishlari shart.
    Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqilishi 2020 yil 1 oktyabrga qadar vaqtinchalik toʻxtatildi.

Ayrim dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat berilishi mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ