Polikinikalar 24 soatlik uzluksiz rejimda ishlaydi
Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev va Sogʻliqni saqlash vazirligiga poytaxtdagi polikinikalarda faoliyat olib borayotgan shifokor va hamshiralarni infeksiyaning yengil va simptomsiz kechayotgan bemorlarga xizmat koʻrsatishga 24 soatlik uzluksiz rejimda toʻliq safarbar qilish topshirigʻi berildi.

20 iyul kuni “Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bogʻliq holat hamda uni barqarorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar” toʻgʻrisida oʻtkazilgan Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yigʻilishida pandemiyani jilovlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar joylarda tizimli yoʻlga qoʻyilmagani koʻrsatib oʻtildi.
Jumladan, birlamchi tibbiyot boʻgʻini, yaʼni oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari aholiga yordam berish uchun 24 soatlik ish rejimiga oʻtkazilmagan.
Toshkent shahridagi 11 ta tuman koʻp tarmoqli markaziy va 64 ta oilaviy polikinikada har birida 50 dan 200 nafargacha tibbiyot xodimi mavjud boʻlsa-da, ularning aksariyati kunning faqat birinchi yarmida bemorlarni qabul qilishadi.
Har bir poliklinikada COVID-19 infeksiyasining yengil yoki simptomsiz kechayotgan bemorlarga konsultativ yordam koʻrsatish uchun shakllantirilgan 3 ta shifokordan iborat maxsus mobil brigada biriktirilgan boʻlishi kerak, ammo ayrim brigadalarda umuman vrach yoʻq.
Deyarli barcha poliklinikalarda rentgen-diagnostika kabinetlari mavjud, lekin ularning imkoniyatlaridan umuman foydalanilmayapti.
Agar ushbu poliklinikalar aholini samarali patronaj xizmatini amalga oshirsa, tabiiyki, 103 raqamli tez tibbiy yordamga bosim qisqaradi va aholi orasida sarosima yuzaga kelishining oldi olinadi.
Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev va Sogʻliqni saqlash vazirligiga poytaxtdagi 75 ta polikinikaning imkoniyatlarini, ushbu muassasalarda faoliyat olib borayotgan 3 mingdan ortiq shifokor va hamshirani infeksiyaning yengil va simptomsiz kechayotgan bemorlarga xizmat koʻrsatishga 24 soatlik uzluksiz rejimda toʻliq safarbar qilish topshirigʻi berildi.
Shuningdek ushbu faoliyatga jalb qilinayotgan shifokor va hamshiralar mehnatini ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

