Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami yubordi
Insonparvarlik yukini joʻnatish ikki bosqichda amalga oshirildi. Unda himoya qalqonchasi, jarrohlik niqobi, shaxsiy himoya vositalari kabi buyumlar joy olgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi Birdamlik va «COVID-19»ga javob berish global jamgʻarmasi orqali JSST Bosh qarorgohi tomonidan xarid qilingan, umumiy qiymati 4 million AQSh dollaridan ortiq va umumiy ogʻirligi 85 tonnaga yaqin boʻlgan insonparvarlik yukini Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berdi. Bu haqda BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.
Insonparvarlik yukini joʻnatish ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi partiya Toshkentga 8 iyulda yetib kelib, oʻz ichiga yuz uchun 619 400 ta himoya qalqonchasi va 2 176 000 dona jarrohlik niqobini oldi. Ikkinchi partiya poytaxtga 17 iyulda yetkazib berildi. U shaxsiy himoya vositalari, jumladan, himoya koʻzoynagi (95 200 dona), himoya xalatlari (178 000 dona), jarrohlik niqoblari (12 000 dona), KN95 respirator niqoblaridan (1 064 000 dona) iborat edi.
Yuk Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga topshirish uchun moʻljallangan.
Maʼlum qilinishicha, insonparvarlik yuki Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Oʻzbekistonga koʻrsatilayotgan yordamning bir qismidir.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

