| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Intervyu1 daqiqada oʻqiladi

Umid Abidxodjayev: Virus juda koʻpchilikka yuqadi, hamma gap bu muddatni uzaytirishda

Oksford universitetining baholariga koʻra, 18-23 million, yaʼni 70 foiz odam koronavirus kasalligini boshidan oʻtkazishi kerak. Hamma masala ularning kasallanishi davrini uzoq muddatga choʻzishda, deydi Umid Abidxodjayev.

Umid Abidxodjayev: Virus juda koʻpchilikka yuqadi, hamma gap bu muddatni uzaytirishda

Xalqaro press-klubning 20 iyuldagi sessiyasida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktorining oʻrinbosari Umid Abidxadjayev Oksford universitetining pandemiyani prognozlashtirish modelining Oʻzbekistonga moslashtirilishi va qancha inson kasallikni boshdan kechirishi mumkinligi toʻgʻrisida tadqiqotlarni maʼlum qildi.

“Pandemiya boshlanishi bilan birgalikda biz birinchi qilgan ishimiz Oksford universitetining pandemiyani prognozlashtirish modelini Oʻzbekiston uchun amaliyotda qoʻllab koʻrdik. Oksford natijalari shuni koʻrsatdiki, bitta odam oʻrtacha 2,6 insonga yuqtirishi mumkin. Shuni pasaytirilsa, pandemiyaning rivojlanish davri choʻziladi va koʻp insonlarning poliklinika va shifoxonalarga borishining oldini olish mumkin. Shundan kelib chiqib talab qoʻyiladi, aynan shu ijtimoiy masofani saqlash, maskani taqib yurish. Oksford universitetining baholariga koʻra, 18-23 million, yaʼni 70 foiz odam koronavirus kasalligini boshidan oʻtkazishi kerak. Hamma masala ularning kasallanishi davrini uzoq muddatga choʻzishda. Sodda qilib aytadigan boʻlsak, bir yil davomida 365 chelak suvni tashish unchalik qiyinlik tugʻdirmasa, buni bir daqiqada qilish ogʻirlik qiladi. Shuni hisobga olgan holda, ijtimoiy masofa saqlash muhim sanaladi. Agar karantin qoidalari kuchaytirilmasdan vaziyat davom etsa, dekabrga borib Oʻzbekistonda 64 ming kishi koronavirusdan zararlanishi mumkin.

Ayni paytda tarozining 2 pallasida hayot va hayot tarzi turibdi. Hayotni saqlab qolish uchun hayot tarzini oʻzgartirish kerak. Hozirgi birlamchi qoidalarga amal qilish orqali yashashga oʻrganish zarur. Pandemiya boshqa sohalar rivojiga ham turtki boʻladi. Masalan, qisqa vaqtda raqamli iqtisodiyot, yetkazib berish xizmatlari taraqqiy etdi”, deydi Umid Abidxodjayev.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ