Koronavirusga chalingan fuqarolar soni yanada oshib borishi hech gap emas – Shavkat Mirziyoyev
Qisqa muddatlarda koronavirusga chalinganlarni davolash uchun yaratilgan qoʻshimcha oʻrin-joylar sonini, birinchi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boshqa sigʻimi katta bino-inshootlar hisobiga, kamida ikki-uch barobarga oshiriladi.

20 iyul kuni “Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bogʻliq holat hamda uni barqarorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar” toʻgʻrisida Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda koronavirusni davolaymiz deb, deyarli barcha ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari toʻldirib tashlandi, dedi davlatimiz rahbari. Natijada surunkali kasalligi bor bemorlar malakali tibbiy xizmatdan deyarli mahrum boʻldi.
Muasaddilarga surunkali kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalardagi koronavirusga chalingan bemorlarni boshqa joylarga, shu jumladan xususiy klinikalarga koʻchirish orqali surunkali xastaligi bor bemorlarga malakali tibbiy xizmat koʻrsatilishini qayta tiklash choralarini koʻrish topshirigʻi berildi.

Koronavirusga chalingan fuqarolar soni yanada oshib borishi hech gap emas, deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev. Shu munosabat bilan qisqa muddatlarda ushbu kasallikka chalinganlarni davolash uchun yaratilgan qoʻshimcha oʻrin-joylar sonini, birinchi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boshqa sigʻimi katta bino-inshootlar hisobiga, kamida ikki-uch barobarga oshirilishini taʼminlash vazifasi qoʻyildi.
Pandemiyaning salbiy oqibatlarini jilovlash va har bir rahbarning masʼuliyatini oshirish, fidokorlik koʻrsatayotgan tibbiyot xodimlarini ragʻbatlantirish ishlari davom ettiriladi.
Kasallik oʻchogʻida oʻz jonini garovga tikib har bir kasalni oʻlim yoqasidan olib chiqayotgan shifokorlarimizni davlat mukofoti bilan taqdirlash boʻyicha takliflar kiritish topshirigʻi berildi.
Prezidentimiz qayd etganidek, bugungi kunda respublika va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan har qanday xarajat ustuvor ravishda pandemiyaga qarshi kurash tadbirlariga qaratilishi shart. Bundan muhim xarajatlar boʻlishi mumkin emas.
Shahar va tuman xokimlari 24 soat davomida har bir kasalxonadagi vaziyatni jilovlab turishga masʼul hisoblanadi hamda ularni uzluksiz va muammosiz ishlashiga sharoit yaratib berishiga javobgar deb belgilandi.
Shuningdek, yangi xarid qilinayotgan tez tibbiy yordam avtomobillari faoliyati uzluksizligini taʼminlash maqsadida iqtisodiyotning turli sohalaridan, birinchi navbatda, faoliyati toʻxtatilishi oqibatida daromadsiz qolgan yoʻlovchi tashuvchi jamoat transporti uyushmalarining malakali haydovchilari jalb etilishi yuzasidan vazifalar qoʻyildi.
Barcha sektor rahbarlari ish kunini ertalabdan oʻz hududlarida kasalxonalardagi ahvolni oʻrganish bilan boshlashi qatʼiyan belgilandi.
Har bir rahbar bugungi kunda fuqarolarimizning sogʻligini saqlab qolishdan muhim vazifasi yoʻqligini anglashi shart, dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

