| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi987 marta oʻqildi

Tibbiyot xodimlariga har bir ish kuni uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi

Toshkent shahridagi 16 ta klinikaga qoʻshimcha COVID-19ga shubhali bemorlar uchun moʻljallangan “provizor” klinikalar tashkil qilindi. Ushbu klinakalarning tibbiyot xodimlariga ustama haq beriladi.

Tibbiyot xodimlariga har bir ish kuni uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi

Bugun, 20 iyul kuni yangi haftaning birinchi ish kunini erta tongdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlarning chuqur tanqidiy tahlilidan boshladi.

Xususan, Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bogʻliq holat hamda uni barqarorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar davlatimiz rahbari raisligidagi videoselektor yigʻilishida koʻrib chiqildi.

Tadbir ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, Prezidentimiz pandemiya bilan bogʻliq vaziyat murakkabligicha qolayotganini aytdi. Jumladan, oxirgi toʻrt kunda mamlakat boʻyicha yangi aniqlangan 2 136 nafar bemorning 1 218 tasi (yaʼni, 57 foizi) poytaxtimiz va Toshkent viloyatiga toʻgʻri keladi.

Koronavirusga shubha boʻlgan barcha bemorlarni infeksiya mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, zotiljam va nafas yetishmovchiligining klinik belgilari mavjudligiga asoslangan holda davolash muassasalariga qabul qilinishi belgilandi.

Toshkent shahrida mavjud 16 ta klinikaga qoʻshimcha COVID-19ga shubhali bemorlar uchun moʻljallangan yana 7 ta 850 oʻrinli “provizor” klinikalar tashkil qilindi. Ushbu klinikalarning tibbiyot xodimlariga har bir ish kuni uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida ustama haq toʻlash masalasi hal qilindi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ