| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi330 marta oʻqildi

Quvayt Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 5,6 million dollar ajratadi

Ushbu mablagʻlardan Oʻzbekistondagi tibbiy muassasalarini jihozlash uchun foydalaniladi.

Quvayt Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 5,6 million dollar ajratadi

21 iyul kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi (QAITF) bosh direktori oʻrinbosari Marvon Abdulloh al-Ganim bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Videokonferensiya shaklida boʻlib oʻtgan ushbu uchrashuv natijalariga koʻra, Oʻzbekiston bilan QAITF oʻrtasida COVID-19 ga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

QAITF bosh direktori oʻrinbosari Oʻzbekistonning koronavirusga qarshi kurash doirasida mamlakatdagi tibbiy muassasalarini jihozlash uchun 5,6 mln AQSh dollari miqdoridagi fond mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifini qoʻllab-quvvatladi.

Tomonlar, shuningdek, fondning Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda, xususan qishloq joylarda turar-joy binolarini qurishda, suv taʼminoti tizimini yaxshilashda va aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashda ishtirok etish masalalarini muhokama qilishdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ