Lyuksemburg gazetasida pandemiya davrida Oʻzbekistonning iqtisodiy siyosati haqidagi maqola chiqdi
Muallifning yozishicha, respublikada ushbu ogʻir davrda iqtisodiy oʻsish va investitsiya faolligini ragʻbatlantirish, aholi daromadlarini koʻpaytirishni qoʻllab-quvvatlash uchun barcha choralar koʻrilmoqda.

Lyuksemburgning «Agefy Luxembourg» gazetasida nashr bosh muharriri A.Remmining pandemiya davrida Oʻzbekistonning iqtisodiy siyosati haqidagi maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Muallif maqolada Oʻzbekistonda SOVID-19 tarqalishining boshqa koʻplab davlatlarga nisbatan past statistikasini taʼkidlab, mamlakat ishlab chiqarish, oʻzaro savdo munosabatlari, tovarlar narxining pasayishi va iqtisodiyotdagi yoʻqotishlarda pandemiya taʼsiri sezilganini taʼkidlaydi.
Materialda mamlakat hukumati tomonidan iqtisodiyotni va aholini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha inqirozga qarshi dastur doirasida amalga oshirilgan asosiy qadamlar batafsil yoritilgan. Jumladan, maqolada byudjet va Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi davlat tomonidan qarz mablagʻlari miqdorida moliyalashtirish, Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasining mablagʻlarini infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltirish, Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat fondining tadbirkorlik subʼyektlariga kafolatlar va ssudalar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq va boshqa imtiyozlar berish, kapitalizatsiya qilish kabi vazifalar sanab oʻtilgan. Bundan tashqari, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash, koronavirus infeksiyasining keng tarqalishiga qarshi kurash choralari, tashqi savdo va eksport imtiyozlari tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan korxonalar uchun bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarni olib borishga 4 oylik moratoriy eʼlon qilingani qayd etiladi.
Shuningdek, materialda turizm sohasi subʼyektlariga davlat tomonidan katta yordam koʻrsatilayotgani yozilgan.
Muallifning yozishicha, respublikada ushbu ogʻir davrda iqtisodiy oʻsish va investitsiya faolligini ragʻbatlantirish, ishlab chiqarish surʼatlarini tiklash, bandlikni oshirish va aholi daromadlarini koʻpaytirish, tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun barcha choralar koʻrilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

