Davlat tomonidan tartibga solish
781 ta material

Koronavirusga chalingan bemorning kim bilan muloqot qilganligini koʻrsatuvchi mobil ilova joriy etiladi
Oʻzbekiston va Koreya Sogʻliqni saqlash vazirlari yurtimizda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda “COVID-19” ga qarshi mobil ilovalarini yaratib, treking usulini joriy etish borasida kelishuvga erishdi.

S&P kredit reytingi nimani anglatadi?
S&P Global Ratings reyting agentligi Oʻzbekiston boʻyicha kutilmani «barqaror»dan «salbiy»ga oʻzgartirdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi ilmiy xodimi Nozimjon Ortiqov Oʻzbekistonga berilgan reyting nimani anglatishi, reytingning oʻzgarishiga qanday omillar taʼsir etishi, kutilmaning «barqaror»dan «salbiy»ga oʻzgarishining asosiy sabablariga toʻxtalib oʻtdi.

Markaziy bank kreditlar boʻyicha maqbul foiz stavkalarini oʻrnatdi
Markaziy bank tomonidan inflyasiya va bozordagi holatni inobatga olib, prudensial choralar va pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalangan holda banklarda oqilona foiz siyosatini yuritishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Oʻzbekistonning suveren kredit reytingi barqarorligini taʼminlovchi omillari
Ushbu maqolada koronavirus inqirozi davrida va undan keyingi davrlarda Oʻzbekiston suveren kredit reytingi barqarorligini taʼminlashga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillar borasida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Xalilulloh Hamidov fikr yuritadi.

Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida oʻzgarishsiz saqlab qoldi
Ushbu qaror inflyasiya prognozining barqaror pasayish trendi shakllanib borayotganligi hamda iqtisodiyotning tiklanish sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash maqsadlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash bilan izohlanadi.

Qonun loyihasiga hokimlarning ayrim vakolatlarini cheklash toʻgʻrisida taklif kiritildi
Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qoʻyilishiga taqiq belgilash, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tugatish boʻyicha ularning vakolatlarini cheklash taklif etilmoqda.

Prezident qurilish materiallari, avtomobilsozlik hamda oziq-ovqat sanoatlariga alohida eʼtibor qaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi
9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda sanoatni rivojlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Davlat ulushiga ega oʻnta bankning foiz stavkalari inflyasiyaga qarshi siyosat bilan uygʻunlashgan holda pasaytiriladi
9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda davlat ulushiga ega oʻnta bankda transformatsiya jarayonini oʻz vaqtida amalga oshirish kerakligi taʼkidlandi.

Endilikda «byudjet»da oʻqigan talabalar kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan qishloqlarda ishlashi taklif qilindi
Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga koʻmaklashish tizimini yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev joriy yil iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini taʼminlash uchun 8 ta asosiy yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi
Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda davlat rahbari yangicha yondashuv va instrumentlarni qoʻllash orqali iqtisodiyotning asosiy yoʻnalishlarini koʻrsatib oʻtdi.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga mehnat guvohnomasi beriladi
Soliq kodeksiga muvofiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.

Barcha hududlarda raqamli texnologiyalar boʻyicha kamida 100 ta oʻquv markazi ochiladi
Oʻquv markazida dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn kabi yoʻnalishlar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Abituriyentlar uchun muhim yangilik: Prezident qarori bilan yangi universitet tashkil etildi
Universitetga talabalar OTMlariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Birjada shakar narxi koʻtarildi
Taklif darajasi yuqori boʻlganligi sababli birjaning shakar bozorida barqarorlik saqlanmoqda. Oʻtgan haftada birja savdolariga 9 720,0 tonna shakar qoʻyildi va ulardan 4 180,0 tonnasi, yaʼni 43,0 foizi sotildi.

Shavkat Mirziyoyev: Eng katta islohotim - har bir oilaning nuri boʻlgan onalarni, xotin-qizlarni rozi qilish
Margʻilonda davlat-xususiy sheriklik asosida Hunarmandlar markazi qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu yerda chevarlarga 3,5 million soʻmgacha maosh beriladi.

Shavkat Mirziyoyev: Imkoniyat boʻla turib, biz kimni boqyapmiz? Xalqimizni boqsak boʻlmaydimi?
Andijon viloyatida kalsit, Samarqandda kvars, Toshkent viloyatida kaolin, Qashqadaryoda dala shpati va Fargʻonada dolomit xomashyosi bor. Lekin yiliga qariyb 650 ming dona santexnika tovarlari import qilib kelingan.

Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni belgilashni boshladi
Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni aniqlash uchun bir nechta belgilarga eʼtibor qaratadi. Agar tashkilot Facebook qaroriga eʼtiroz bildirmoqchi boʻlsa, qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etib, apellyasiya berishi mumkin.

Davlat bogʻchalari nima uchun kechroq ochilishi yuzasidan izoh berildi
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, 15 iyundan boshlab, “yashil” va “sariq” hududlarda maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatiga ruxsat beriladi.

Shavkat Mirziyoyev Fargʻonaga tashrifidan maqsadi nima ekanligini bildirdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyun kuni Fargʻona viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi.

Shavkat Mirziyoyev Fargʻonaga joʻnab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti bilan tanishish maqsadida 5 iyun kuni Fargʻona viloyatiga safar qildi.

Toshkent halqa avtomobil yoʻligacha yangi koʻcha quriladi
Choʻponota koʻchasi va Kichik halqa yoʻli kesishmasida 583 metrlik yoʻl oʻtkazgich barpo etiladi. Bu yoʻl soatiga 3 mingta transport vositasini oʻtkazish quvvatiga ega boʻladi.

5 iyundan machitlarda namoz oʻqishga ruxsat berildi
Respublika maxsus komessiyasining qarori bilan 5 iyundan boshlab «sariq» va «yashil» hududlarda bir qancha xizmat turlariga ruxsat berildi. Jumladan, taʼlim markazlari va toʻgaraklar ham belgilangan shartlar asosida ish faoliyatini yoʻlga qoʻyadi.

Prezident parranda goʻshti, sholi, kartoshka mahsulotlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatma berildi
Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda kartoshka boʻyicha Niderlandiya, sholi va baliqchilik boʻyicha Vyetnam tajribalaridan foydalanish kerakli aytib oʻtildi.

Yil yakuniga qadar 235 mingdan ziyod oilaga moddiy yordam ajratiladi
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga qoʻshimcha ajratilgan 992 milliard soʻm mablagʻ hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidagi 70 milliard soʻm puli muhtoj oilalarga ajratiladi.

Yil soʻngiga qadar 145 ming nafar kambagʻal aholi ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda
Birinchi yarim yillikda 38 ming gektar yerni oborotga kiritish hisobiga 25 ming nafar, yil yakuniga qadar yana qoʻshimcha 51 ming gektarni oʻzlashtirish evaziga 45 ming odam bandligini taʼminlash koʻzlangan.
