| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi53 marta oʻqildi

Yil soʻngiga qadar 145 ming nafar kambagʻal aholi ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda

Birinchi yarim yillikda 38 ming gektar yerni oborotga kiritish hisobiga 25 ming nafar, yil yakuniga qadar yana qoʻshimcha 51 ming gektarni oʻzlashtirish evaziga 45 ming odam bandligini taʼminlash koʻzlangan.

Yil soʻngiga qadar 145 ming nafar kambagʻal aholi ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda

Joriy yilda sanoat sohasida 7,5 mingta hududiy loyihani amalga oshirish hisobiga 145 ming nafar kambagʻal aholini ishga joylashtirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, qiymati qariyb 11 milliard dollar boʻlgan 206 ta yirik ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirib, 31 mingdan ziyod yuqori daromadli ish oʻrni yaratish choralari belgilangan.

Bu haqda 3 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida aytildi.

Yil yakuniga qadar 235 mingdan ziyod oilaga moddiy yordam ajratiladi

Bosh vazir oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga ushbu loyihalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha topshiriqlar oldi.

Qishloq xoʻjaligida ham kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha imkoniyatlar koʻp. Yigʻilishda qayd etilganidek, birinchi yarim yillikda 38 ming gektar yerni oborotga kiritish hisobiga 25 ming nafar, yil yakuniga qadar yana qoʻshimcha 51 ming gektarni oʻzlashtirish evaziga 45 ming odam bandligini taʼminlash rejalashtirilgan. Bu yerlarning 20 ming gektari kam taʼminlangan oilalarga beriladi.

Xuddi shuningdek, gʻalladan boʻshaydigan 120 ming gektar maydonni takroriy ekin uchun ajratib, 300 mingga yaqin oilaga daromad manbai yaratish belgilangan. Bundan tashqari, paxta-toʻqimachilik klasterlarining 965 million dollarlik 107 loyihasini amalga oshirish natijasida 28 mingdan ortiq yangi ish oʻrni tashkil etiladi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan kam taʼminlangan 28 ming xonadonga naslli echki, 50 mingta oilaga parranda, 100 mingtasiga naslli quyon tarqatiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ