| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi126 marta oʻqildi

Yil yakuniga qadar 235 mingdan ziyod oilaga moddiy yordam ajratiladi

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga qoʻshimcha ajratilgan 992 milliard soʻm mablagʻ hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidagi 70 milliard soʻm puli muhtoj oilalarga ajratiladi.

Yil yakuniga qadar 235 mingdan ziyod oilaga moddiy yordam ajratiladi

3 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishida ajratilayotgan ijtimoiy yordamlar ehtiyojmandlarga toʻliq yetib bormayotgan holatlar haqida gapirib oʻtildi.

Prezident parranda goʻshti, sholi, kartoshka mahsulotlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatma berildi

Shuningdek, yigʻilishda qurilish sohasidagi imkoniyatlar koʻrib chiqilar ekan, Inqirozga qarshi kurashishi jamgʻarmasidan ajratilgan 3,6 trillion soʻm hisobidan bajariladigan qurilish-pudrat ishlariga 85 ming nafar odamni jalb qilish mumkinligi aytib oʻtildi.

Yigʻilishda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Karantinning birinchi kunlaridan bu borada zarur choralar koʻrilib, ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 10 foizga oshirilgan edi.

Bugungi kunda boquvchisini yoʻqotgan oilalar soni 155 ming, 5 nafardan ortiq farzandi bor kam taʼminlangan oilalar soni 81 ming, yolgʻiz yashovchi keksalar 16 ming nafarni tashkil etmoqda. Lekin ajratilayotgan ijtimoiy yordamlar ehtiyojmandlarga toʻliq yetib bormayotgan holatlar ham koʻp.

Shu bois Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga qoʻshimcha ajratilgan 992 milliard soʻm mablagʻni hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidagi 70 milliard soʻm qoldiqni muhtoj oilalarga aniq va adolatli yetkazish boʻyicha qatʼiy topshiriq berildi.

Pandemiya davrida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilingan qarorlar doirasida yil yakuniga qadar qoʻshimcha 235 mingdan ziyod oilaga moddiy yordam ajratilishi qayd etildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ