| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi88 marta oʻqildi

Shavkat Mirziyoyev joriy yil iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini taʼminlash uchun 8 ta asosiy yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi

Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda davlat rahbari yangicha yondashuv va instrumentlarni qoʻllash orqali iqtisodiyotning asosiy yoʻnalishlarini koʻrsatib oʻtdi.

Shavkat Mirziyoyev joriy yil iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini taʼminlash uchun 8 ta asosiy yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Koronavirus pandemiyasi butun dunyo uchun katta sinov boʻlmoqda. Vujudga kelgan global inqiroz barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatyapti. Jahon bankining prognozi boʻyicha 2020 yilda yalpi global mahsulot 5,2 foizga, AQShda yalpi ichki mahsulot 6,1 foizga, Rossiyada 6 foizga, Yevropa Ittifoqida 9,1 foizga tushishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoyda 1 foiz, Oʻzbekistonda esa 1,5 foiz iqtisodiy oʻsish boʻlishi taxmin qilinmoqda.

Oʻtgan uch oyda yurtimizda iqtisodiyot tarmoqlariga 2,3 trillion soʻm soliq imtiyozlari berildi, Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 3,6 trillion soʻm ajratildi.

Yigʻilishda davlatimiz rahbari yangicha yondashuv va instrumentlarni qoʻllash orqali joriy yil iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini taʼminlash uchun barcha imkoniyatlar borligini taʼkidlab, shu boradagi 8 ta asosiy yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi.

  1. Birinchi – iqtisodiyot va byudjet barqarorligini taʼminlash;

  2. ikkinchi – kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini oshirish;

  3. uchinchi – bank tizimidagi islohotlarni jadallashtirish;

  4. toʻrtinchi – toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni koʻpaytirish;

  5. beshinchi – eksport salohiyatini oshirish va valyuta tushumlarini taʼminlash;

  6. oltinchi – sanoatda raqobatbardoshlikni kuchaytirish;

  7. yettinchi – kichik biznesni rivojlantirish;

  8. sakkizinchi – raqamli texnologiyalarni barcha tarmoqlarda keng joriy qilish ustuvor vazifalar etib belgilandi.

Birinchi masala muhokama qilinar ekan, byudjet tushumi va xarajatlarini optimallashtirish topshirildi. Korxonalar faoliyatini qayta tiklash va soliq maʼmuriyatchiligini yaxshilash hisobiga qoʻshimcha daromadlarni taʼminlash, tashqi qarz bitimlarini tuzishda belgilangan cheklovdan oshmaslik boʻyicha koʻrsatma berildi.

Ikkinchi yoʻnalish boʻyicha bu yil 810 mingta doimiy ish oʻrnini qayta tiklash, 310 ming doimiy va 633 mingta mavsumiy ish oʻrni yaratish zarurligi taʼkidlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ