| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓

# yig‘ilish

27 ta material

Pochta tizimi daromad keltiradigan sohaga aylantiriladi

Manzilga yetkazish tizimini tumanlarda tajribadan oʻtkazib, 2021 yil 1 martdan viloyat markazlarida, 1 iyuldan mamlakat boʻyicha joriy etiladi. Bu haqda 5 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda aytib oʻtildi.

Siyosat

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ yil yakuniga qadar 2,5 million isteʼmolchini tarmoqqa ulaydi

17 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda isteʼmolchilar suv tarmogʻiga ulanmagani sababli daromadlar olinmayotgani uchun masʼul rahbarlarning ishi tanqid qilinib, “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatiga yil yakuniga qadar jami 2,5 million isteʼmolchini tarmoqqa ulash vazifasi qoʻyildi.

Siyosat

Xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun soddalashtirilgan kreditlar ajratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 iyul kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan taʼminlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda jahon bankining 2 million dollar mablagʻi doirasida 15 ming nafar ayolning bandligini taʼminlash loyihalarini jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Siyosat

Prezident bank tizimida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi

Shavkat Mirziyoyev barcha tijorat banklari raislari korrupsiyaga chek qoʻyish, komplayens-nazorat kabi taʼsirchan mexanizmlarni joriy qilish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrishi lozimligini alohida taʼkidladi.

Iqtisodiyot va biznes

Yil yakuniga kelib iqtisodiyotga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 9,9 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda

2020 yil soʻngiga qadar Oʻzbekiston iqtisodiyotga jalb qilingan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar – 6,8 milliard, xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlari – 3,1 milliard dollarga yetishi rejalashtirilyapti.

Siyosat

Qancha fuqarodan asossiz ayblov olib tashlangani ochiqlandi

Prezidenti raisligida oʻtgan odil sudlovni taʼminlashga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida joriy yilning 5 oyida 1 ming 854 nafar shaxsga nisbatan qoʻyilgan asossiz ayblovlar olib tashlangani aytib oʻtildi.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan yigʻilishda Andijon va Chiroqchidagi voqealar esga olindi

Hozirda jinoyatlarga aloqador 11 nafar ichki ishlar xodimlari qonun oldida javob bermoqda.

Siyosat

Aholiga xizmat koʻrsatuvchi muassasa xodimlari koronavirusga muntazam testdan oʻtkaziladi

16 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda aholiga xizmat koʻrsatadigan, ular bilan bevosita muloqotda boʻladigan barcha muassasalar xodimlarini koronavirus boʻyicha muntazam testdan oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev joriy yil iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini taʼminlash uchun 8 ta asosiy yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi

Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda davlat rahbari yangicha yondashuv va instrumentlarni qoʻllash orqali iqtisodiyotning asosiy yoʻnalishlarini koʻrsatib oʻtdi.

Siyosat

Prezident parranda goʻshti, sholi, kartoshka mahsulotlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatma berildi

Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda kartoshka boʻyicha Niderlandiya, sholi va baliqchilik boʻyicha Vyetnam tajribalaridan foydalanish kerakli aytib oʻtildi.

Siyosat

Rahbarlarga kambagʻallikdan xalos etish rejasini ishlab chiqish topshirigʻi berildi

Pandemiya Oʻzbekistondagi 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy taʼsir qilishi mumkin. Shavkat Mirziyoyev asosiy maqsad kambagʻal oilaning hech boʻlmaganda bitta aʼzosini ish bilan taʼminlab, ularni muhtojlikdan chiqarish ekani, shuning uchun har bir oila, har bir fuqaroning muammosi bilan alohida shugʻullanish zarurligini taʼkidladi.

Siyosat

Jahon maʼlumot bazalarida Oʻzbekistonning tarmoq indikatorlari toʻliq aks etmagan

Prezident 1 iyun kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda statistik kuzatuv maʼlumotlari 20 yil avval joriy etilgan dasturiy taʼminotdan foydalanilayotganini tanqid qildi. Davlat statistika qoʻmitasiga bir qator sohalar statistikasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qoʻydi.

Siyosat

70 ta korxonani monopolistlar reyestrdan chiqarilishi mumkin

Bugungi kunda 31 ta tovarlar guruhi va 82 turdagi xizmatlar bozorida 245 ta korxona monopol holatda saqlanib qolmoqda.

Siyosat

Sirdaryoda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida yuz bergan favqulodda hodisa yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi

Yigʻilishda favqulodda hodisa va uning oqibatlari atroflicha tahlil qilindi, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev joriy yilda imtihonlarni soddaroq shaklda oʻtkazish boʻyicha topshiriq berdi

2020 yildan kirish imtihonlari jami 5 ta – uchta majburiy va ikkita mutaxassislik fani boʻyicha oʻtkazilishi belgilangan edi. Lekin karantin sharoiti yoshlarning imtihonga toʻla tayyorgarlik koʻrish imkoniyatini ham chekladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev qolgan qisqa vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida, joriy yilda imtihonlarni soddaroq shaklda oʻtkazish boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi.

Siyosat

Yil yakuniga qadar oltin va kumush resurslari koʻpaytiriladi

27 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan geologiyada amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va galdagi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda yil yakuniga qadar oltin va kumush resurslari, mis va 8 turdagi noruda boyliklari zaxiralarini koʻpaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Siyosat

Tarixda ilk marta "yopiq mavzu" boʻlgan qambagʻallikni qisqartirish uchun kurash boshlandi

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 12-15 foiz yoki 4-5 million aholimiz kambagʻal. Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming soʻmdan oshmayapti, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Siyosat

Tibbiyot sohasiga ixtisoslashtirilgan Ibn Sino maktablari tashkil etiladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni sogʻliqni saqlash xodimlari bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda aytib oʻtdi. Unga koʻra, eskicha uslubda qolib ketgan tibbiyot kollejlari oʻrnida Ibn Sino maktablari tashkil etiladi.

Siyosat

Kaliyli oʻgʻitlar zavodida davlat ulushi investorlarga sotiladi

Shavkat Mirziyoyev kuni kimyo sanoatini isloh qilish boʻyicha istiqbolli rejalar hamda joriy yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda kimyo sohasida yangi yoʻnalishlarini rivojlantirish, bunga xorijiy investorlarni keng jalb qilish zarurligini taʼkidladi.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev DXX bilan chegarani qoʻriqlash masalasini muhokama qildi

Prezident 13 fevral kuni DXX va Xavfsizlik kengashi apparati bilan oʻtgan yigʻilishda Oʻzbekiston chegarasini qoʻriqlash va muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha topshiriqlar berdi.

Siyosat

Axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari uchun uy va sport majmualari quriladi

13 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun koʻp qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish haqida aytib oʻtildi.

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ