| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi76 marta oʻqildi

Axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari uchun uy va sport majmualari quriladi

13 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun koʻp qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish haqida aytib oʻtildi.

Axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari uchun uy va sport majmualari quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirish, buning uchun zamonaviy infratuzilma yaratish masalasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hamda uning filiallarini qurish, yuqori texnologiyali infratuzilmalar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev bir qancha koʻrsatmalar berdi

IT-akademiya, IT-laboratoriya, Kovorking markazi, Mobil ilovalar ishlab chiqish markazi, Masofaviy axborot texnologiyalari markazini barpo etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Davlat buyurtmasi asosida soha va tarmoqlar uchun zarur zamonaviy dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish mexanizmini yoʻlga qoʻyish taklifi bildirildi.

Yetakchi texnoparklar bilan hamkorlik rivojlantiriladi

Jahondagi tendensiyalar bilan hamqadam boʻlib, yangi ishlanmalarni hayotga faol joriy etish, yetakchi texnoparklar bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun koʻp qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish masalasiga ham eʼtibor qaratildi.

Mutasaddilar qurilish va loyihalashtirish ishlarining borishi yuzasidan hisobot berdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ