| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi357 marta oʻqildi

Prezident bank tizimida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi

Shavkat Mirziyoyev barcha tijorat banklari raislari korrupsiyaga chek qoʻyish, komplayens-nazorat kabi taʼsirchan mexanizmlarni joriy qilish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrishi lozimligini alohida taʼkidladi.

Prezident bank tizimida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 iyul kuni, bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 15 foizdan 60 foizga oshirishga qaratilgan 2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Shavkat Mirziyoyev banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi

Yigʻilishda banklarning kredit portfeli va loyihalar sifatini oshirish masalasi muhokama qilindi. Stress-testlar natijalariga koʻra, muammoli kreditlar ulushi bir necha barobar koʻpayishi mumkinligi, bu esa bank tizimi uchun jiddiy xatar ekani qayd etildi.

Shu munosabat bilan muammoli kreditlarni hududlar kesimida batafsil tahlil qilib, kredit portfeli sifatini saqlab qolish boʻyicha taʼsirchan mexanizm ishlab chiqish koʻrsatmasi berildi. Markaziy bank barcha tijorat banklari kredit portfellari xatlovdan oʻtkazilgach, qiyin ahvolga tushib qolgan har bir mijozning moliyaviy imkoniyatlarini tiklash boʻyicha aniq choralarni ishlab chiqishi lozimligi alohida taʼkidlandi.

Yigʻilishda bank tizimida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari barcha tijorat banklari raislari korrupsiyaga chek qoʻyish, komplayens-nazorat kabi taʼsirchan mexanizmlarni joriy qilish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrishi lozimligini alohida taʼkidladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ