Prezident parranda goʻshti, sholi, kartoshka mahsulotlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatma berildi
Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda kartoshka boʻyicha Niderlandiya, sholi va baliqchilik boʻyicha Vyetnam tajribalaridan foydalanish kerakli aytib oʻtildi.

3 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Prezident topshirigʻi: Oilaviy tadbirkorlik qilish uchun kreditlar ajratish soddalashtiriladi
Yigʻilishda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabni toʻliq taʼminlash va bozorlardagi narx-navo barqarorligini saqlash masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi.
Parranda goʻshti, sholi, kartoshka talabga nisbatan kam yetishtirilayotgani qayd etilib, ushbu mahsulotlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Bunda xorijiy davlatlar, xususan, kartoshka boʻyicha Niderlandiya, sholi va baliqchilik boʻyicha Vyetnam tajribalaridan foydalanish yaxshi natija beradi.
Bulardan tashqari ham agrar sohada ishlatilmayotgan rezervlar yetarliligi taʼkidlandi. Misol uchun, bir vaqtlar Namangan va Navoiy viloyatlarida junni qayta ishlash boʻyicha quvvatlar mavjud boʻlgan.
Bu yoʻnalishda koʻplab odamlarni ish bilan taʼminlash va eksportbop tovarlar turi va hajmini koʻpaytirish imkoniyati bor. Jundan roʻmol, gilam kabi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish aholi oʻzini oʻzi band qilishining muhim yoʻnalishi boʻlishi lozimligi qayd etildi, bu borada manzilli loyihalarni shakllantirish vazifasi qoʻyildi.
Videoselektor yigʻilishida hokimlar, vazirlik, idora va tijorat banklari rahbarlari birinchi yarim yil yakuni boʻyicha nechta ish oʻrni yaratishi, kambagʻal oilalarni qanchaga qisqartirishi, 9 oy va yil oxirigacha moʻljallangan rejalari yuzasidan hisobot berdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

