| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi

70 ta korxonani monopolistlar reyestrdan chiqarilishi mumkin

Bugungi kunda 31 ta tovarlar guruhi va 82 turdagi xizmatlar bozorida 245 ta korxona monopol holatda saqlanib qolmoqda.

70 ta korxonani monopolistlar reyestrdan chiqarilishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni iqtisodiyotda raqobat muhitini taʼminlash va isteʼmolchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Davlat rahbari Oʻzbekiston bozor iqtisodiyotiga qatʼiy oʻtishi jarayonida raqobat masalasi prinsipial ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Meni tashvishlantiradigan masala shuki, korxonalarimiz tashqi raqobatga bardosh bera oladimi? Chetdan tovar kirib kelsa, yurtimizda ishlab chiqarilgan xuddi shunday mahsulot unga raqobatchi boʻla oladimi? Mahalliy mahsulotlarning tannarxini pasaytirsak, xorijdan oʻzlari olib ketishadi, – dedi Prezident.

Bugungi kunda 31 ta tovarlar guruhi va 82 turdagi xizmatlar bozorida 245 ta korxona monopol holatda saqlanib qolmoqda. Lekin bir qator yoʻnalishlarda raqobat muhiti shakllanib boʻlgan 19 xil mahsulot va xizmatlar boʻyicha 70 ta korxonani monopolistlar reyestrdan chiqarish mumkin.

Raqobat boʻlmasa, sifat boʻlmaydi, narx tushmaydi. Zamon oʻzgaryapti, lekin monopol korxonalar oʻzgara olmayapti. Qatʼiy choralar koʻrish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz. Agar rahbarlar shunga munosib boʻlsa, ishlaydi, boʻlmasa – ketadi, – dedi Prezident.

Yigʻilishda korxonalarning bozordagi monopol mavqeini aniqlash boʻyicha yondashuvlarni qayta koʻrib chiqish, monopol tovarlar roʻyxatini keskin qisqartirishga qaratilgan “yoʻl xaritasi” tasdiqlash vazifasi belgilandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ