Rahbarlarga kambagʻallikdan xalos etish rejasini ishlab chiqish topshirigʻi berildi
Pandemiya Oʻzbekistondagi 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy taʼsir qilishi mumkin. Shavkat Mirziyoyev asosiy maqsad kambagʻal oilaning hech boʻlmaganda bitta aʼzosini ish bilan taʼminlab, ularni muhtojlikdan chiqarish ekani, shuning uchun har bir oila, har bir fuqaroning muammosi bilan alohida shugʻullanish zarurligini taʼkidladi.

3 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Oʻzbekistonda soʻnggi oʻn kun ichida oʻrta hisobda kuniga 70-80 kishida kasallik aniqlangan
Pandemiya sharoitida eng farovon davlatlarda ham aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish katta muammo boʻlib qolmoqda. Mamlakatimizda ham ishsizlar soni koʻpaydi. Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, pandemiya 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy taʼsir qilishi mumkin.
Aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlari. Bu borada komleks va hududiy dasturlar ishlab chiqilgan, vazirlar, hokimlar va sektorlar rahbarlarining vazifalari belgilab berilgan.
Kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar hamda “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash uchun roʻyxatlar shakllantirilgan. Ularga muvofiq, bugungi kunga qadar shunday oilalarning 540 mingtasiga 307 milliard soʻmlik koʻmak berildi.
Davlat rahbari asosiy maqsad kambagʻal oilaning hech boʻlmaganda bitta aʼzosini ish bilan taʼminlab, ularni muhtojlikdan chiqarish ekani, shuning uchun har bir oila, har bir fuqaroning muammosi bilan alohida shugʻullanish zarurligini taʼkidladi.
– Bu sinovli davrda raqamlar ortidan quvish emas, balki xalqni rozi qilish uchun chin koʻngildan ishlash kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yigʻilishda belgilanganidek, tuman (shahar) sektor rahbarlari eng qiynalgan va muhtoj oilalar roʻyxatini shakllantirib, ularni kambagʻallikdan xalos etish rejasini ishlab chiqadi. Viloyat hokimining iqtisodiyot va mahalla masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari sektorlar hamda tijorat banklari ishini muvofiqlashtirib, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga masʼul boʻladi. Bosh vazir oʻrinbosari rahbarligida Respublika shtabi ularning hisobotini eshitib, muammolarini hal qilishga vazirlik va idoralar, tijorat banklarini jalb qiladi.
Ushbu tizim Yagona ijtimoiy reyestr uchun ham katta zamin boʻladi. Mutasaddilarga yil oxirigacha mazkur reyestrni vazirlik - viloyat - tuman - mahalla kesimida toʻliq joriy etish boʻyicha koʻrsatma berildi. Kambagʻallik chegarasi va mezonlarining jahon amaliyotida tan olingan 4 ta hisoblash usuli Fargʻona viloyatining Toshloq tumani misolida sinovdan oʻtkazilishi belgilandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

