Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan yigʻilishda Andijon va Chiroqchidagi voqealar esga olindi
Hozirda jinoyatlarga aloqador 11 nafar ichki ishlar xodimlari qonun oldida javob bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 30 iyun kuni odil sudlovni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Ushbu ustuvor masalalar yuzasidan oʻtgan 3 yilda 20 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Islohotlar natijasida sudlar tomonidan ilk marotaba 2 ming 273 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. Shuningdek, jinoyat yoʻliga bilib-bilmay kirgan 3,5 mingdan ortiq yoshlar va xotin-qizlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanmasdan, ular mahalla va jamoatchilik kafilligiga olindi. Inson huquqlarini buzganligi uchun 60 nafar huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoiy javobgarlikka tortildi.
Yigʻilishda taʼkidlanganidek, bunday oʻzgarishlar odamlarimizda haqiqat va adolatga boʻlgan ishonchni mustahkamlamoqda. Lekin xalq sud-huquq tizimidan rozi deyishga hali asos yoʻq.
Ayniqsa, Andijon shahar va Chiroqchi tuman ichki ishlar idoralarida yaqinda sodir boʻlgan fojiali holatlar tizim rahbarlarini uygʻotishi, aniq xulosalar qilishga chorlashi kerakligi qayd etildi. Hozirda jinoyatlarga aloqador 11 nafar ichki ishlar xodimlari qonun oldida javob bermoqda. 7 nafar rahbar lavozimidan ozod etildi, yana 16 tasi intizomiy javobgarlikka tortildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

