| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi230 marta oʻqildi

Shavkat Mirziyoyev Fargʻonaga tashrifidan maqsadi nima ekanligini bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyun kuni Fargʻona viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi.

Shavkat Mirziyoyev Fargʻonaga tashrifidan maqsadi nima ekanligini bildirdi

Davlat rahbari korteji dastlab Qoʻshtepa tumanidagi «Tursunov Yusufjon yeri» fermer xoʻjaligi yonida toʻxtadi. Bu yerda 50 gektar gʻalla, 30 gektar paxta yetishtirilmoqda. Prezidentimiz gʻalla rivojini koʻzdan kechirdi. Gektaridan 82 sentner hosil olish kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Fargʻonaga joʻnab ketdi

Shu yerda qishloq xoʻjaligi sohasi mutasaddilari va qoʻshtepalik fermerlar bilan muloqot boʻldi.

- Har bir hududning yeri, resurslari, imkoniyatlari oʻziga xos. Bugun Fargʻonaga kelishimizdan maqsad - bu imkoniyatlarni toʻliq safarbar qilib, odamlarga ish oʻrni, daromad manbai uchun sharoit yaratish, har bir tuman boʻyicha aniq reja shakllantirish. Qanday mehnat qilsak, shunday hayot boʻladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xoʻjalik dalasi yonida «Grapes and Gardens Investment» kompaniyasi tomonidan intensiv bogʻ ham yaratilgan. 100 gektarda oʻrik, 52 gektarda gilos ekilgan. Tomchilatib sugʻorish, sunʼiy soya qilish uskunalari oʻrnatilgan.

Ispaniya va Fransiyadan keltirilgan oʻrik navining hosildorligi juda yuqori. Bu eksportda muhim omil boʻladi. Bugungi kunda bogʻ uchastkalari kooperatsiya asosida tajribali tadbirkorlarga berilmoqda.

Davlat rahbari daraxt qatorlari orasiga sarimsoqpiyoz va dukkakli ekinlar ekish, bunday bogʻlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Shu yerda qishloq xoʻjaligi va agrosanoat loyihalari taqdimoti oʻtkazildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ