| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat2 daqiqada oʻqiladi163 marta oʻqildi

5 iyundan machitlarda namoz oʻqishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komessiyasining qarori bilan 5 iyundan boshlab «sariq» va «yashil» hududlarda bir qancha xizmat turlariga ruxsat berildi. Jumladan, taʼlim markazlari va toʻgaraklar ham belgilangan shartlar asosida ish faoliyatini yoʻlga qoʻyadi.

5 iyundan machitlarda namoz oʻqishga ruxsat berildi

2020 yil 5 iyundan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:

«Sariq» hududlarda:

  • mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyatiga (xostellar bundan mustasno);

  • uy mehmonxonalari va soliq organlarida roʻyxatdan oʻtgan dala hovlilar (dachalar) faoliyatiga (faqat oilaviy mehmonlarga xizmat koʻrsatish uchun);

  • mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat koʻrsatuvchi umumiy ovqatlanish obʼyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga.

«Yashil» hududlarda «sariq» hududlarga qoʻshimcha ravishda:

  • individual shugʻullanish uchun trenajyor zallari va basseynlar faoliyatiga.

  • madaniyat obʼyektlari (teatrlar) faoliyatiga, individual va jamoaviy repetitsiyalar oʻtkazish sharti bilan (30 kishidan koʻp boʻlmagan), tomoshabinlar va tashrif buyuruvchilarga ruxsat bermagan holda, spektakllarni onlayn rejimida yoki televideniye orqali translyasiya qilish yoʻli bilan;

  • taʼlim markazlari, toʻgaraklar (10 kishidan koʻp boʻlmagan guruh tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda) faoliyatiga.

Bunda trenajyor zallari va basseynlar obʼyektlarining doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «toʻshak»lar bilan jihozlash, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37*S va undan yuqori boʻlgan, infeksiya alomatlari mavjud boʻlgan holatda hamda tibbiy niqobda boʻlmagan hollarda kiritmaslik choralarini koʻrish, ijtimoiy masofani taʼminlash imkoniyati boʻlmagan jamoaviy sport turlarini oʻtkazmaslik talab etiladi;

Bunda xodimlar va bolalarning sogʻligʻi holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam oʻlchab borish), infeksiya alomatlari mavjud boʻlgan xodimlar va bolalarni mashgʻulotlardan chetlatish, shuningdek, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qatʼiy rioya etish talab etiladi;

  • Diniy tashkilotlar faoliyatiga.

Bunda diniy tashkilotlar binolarining doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «toʻshak»lar bilan jihozlash, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shu jumladan, namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash (maxsus chiziqlar yordamida kataklarga ajratgan holda), shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37*S va undan yuqori boʻlgan, infeksiya alomatlari mavjud boʻlgan holatda hamda tibbiy niqobda boʻlmagan hollarda kiritmaslik choralarini koʻrish, jamoaviy diniy marosimlar (juma namozi va boshqalar)ni oʻtkazmaslik talab etiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ