| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi563 marta oʻqildi

Birjada shakar narxi koʻtarildi

Taklif darajasi yuqori boʻlganligi sababli birjaning shakar bozorida barqarorlik saqlanmoqda. Oʻtgan haftada birja savdolariga 9 720,0 tonna shakar qoʻyildi va ulardan 4 180,0 tonnasi, yaʼni 43,0 foizi sotildi.

Birjada shakar narxi koʻtarildi

Oʻtgan hafta davomida, yaʼni 1-5 iyun kunlari "Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi"ning barcha savdo platformalarida 1,1 trln soʻmlik tovarlar sotilgan boʻlib, bu avvalgi haftaga nisbatan 24,2 foizga koʻp.

Bunda sotuvlarning 89,5 foizi birja savdolari, 4,7 foizi koʻrgazma-yarmarka savdolari, 5,5 foizi elektron davlat xaridlari va 0,3 foizi avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 29,1 foizga koʻpayib 406,4 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining 15,4 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi.

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 690 ta avtoraqamlar sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,6 mlrd soʻmni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 19,0 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 52,3 foizi ikkinchi va 28,7 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali 23,1 foiz oʻsish bilan jami 1 trln soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻydi.

Oʻtgan haftada birja savdolariga 2 192,0 tonna paxta yogʻi qoʻyildi va ulardan 818,0 tonnasi, yaʼni 37,3 foizi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 31 ta xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 8,9 mln soʻmdan 9,2 mln soʻmgacha, yaʼni 2,9 foizga oʻsdi. Hafta yakunlariga koʻra 1-navli paxta yogʻining haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 1,5 foizga oʻsib, mahsulotni bir tonnasi uchun 9,5 mln soʻmni tashkil etdi.

Taklif darajasi yuqori boʻlganligi sababli birjaning shakar bozorida barqarorlik saqlanmoqda. Oʻtgan haftada birja savdolariga 9 720,0 tonna shakar qoʻyildi va ulardan 4 180,0 tonnasi, yaʼni 43,0 foizi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 16 ta xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 5,2 mln soʻmdan 5,3 mln soʻmgacha, yaʼni 2,2 foizga koʻtarildi. Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan deyarli oʻzgarmadi va mahsulotning bir tonnasi uchun 5,3 mln soʻmni tashkil qildi.

Oʻtgan haftada birja savdolariga 110 240,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 14 768,8 tonnasi, yaʼni 13,4 foizi sotildi.

Birja savdolarida “Oʻzbekneftgaz” AJ neft bazalari, avtomobil yoqilgʻi quyish shoxobchalari va benzinni oʻz ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar ishtirok etishdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3,8 mln soʻmdan 3,5 mln soʻmgacha, yaʼni 9,2 foizga pasaydi.

AI-80 rusumli avtomobil benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi 8,6 foizga pasayib, benzinning bir tonnasi uchun 3,5 mln soʻmni, AI-91 benzinni narxi 14,1 foizga pasayib – 4,4 mln soʻmni tashkil etdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ