| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Texnologiyalar1 daqiqada oʻqiladi

Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni belgilashni boshladi

Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni aniqlash uchun bir nechta belgilarga eʼtibor qaratadi. Agar tashkilot Facebook qaroriga eʼtiroz bildirmoqchi boʻlsa, qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etib, apellyasiya berishi mumkin.

Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni belgilashni boshladi

«Biz odamlarga Facebookʼda ular koʻrayotgan xabar ortida kim turganini tushunishda yordam berishni xohlaymiz», deydi tarmoq kiberxavfsizlik boʻlimi boshligʻi.

Facebook Oʻzbekistonga soliq toʻlaydi

Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni aniqlash uchun bir nechta belgilarga eʼtibor qaratadi. Shu jumladan:

  • tashkiliy tuzilma, yaʼni aksiyadorlar, hamkorlar, tashkilot boshqaruv kengashi aʼzolari, rahbariyati, davlat tomonidan tayinlanadigan rahbarlar;

  • manbalarni koʻrsatishdagi shaffoflik, mustaqillik va xilma-xillik kabi tahririyat qoidalari;

  • taxririyat boshqaruvi va xodimlari xaqidagi maʼlumotlar;

  • moliyalashtirish manbalari;

  • tuzatish choralari, shikoyat qilish tartibi, tashqi baholash va nazorat kengashlari kabi boshqaruv va javobgarlik mexanizmlari.

Agar tashkilot Facebook qaroriga eʼtiroz bildirmoqchi boʻlsa, qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etib, apellyasiya berishi mumkin.

Belgilar «Ad Library Page», «Pages» oynasida va «Page Transparency» (sahifa shaffofligi) boʻlimida aks ettiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ