| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi225 marta oʻqildi

Davlat bogʻchalari nima uchun kechroq ochilishi yuzasidan izoh berildi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, 15 iyundan boshlab, “yashil” va “sariq” hududlarda maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatiga ruxsat beriladi.

Davlat bogʻchalari nima uchun kechroq ochilishi yuzasidan izoh berildi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, 15 iyundan boshlab, “yashil” va “sariq” hududlarda maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatiga ruxsat beriladi.

Bogʻchalar, bozorlar va avtobus qatnovlariga ruxsat berildi

Hozirda Maktabgacha taʼlim vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, JSST va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh bilan MTTlar faoliyatini tiklash borasida qoʻyiladigan talablar tartibi toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ayni damda MTTlar faoliyati xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha sharoitlarni yaratish, jumladan, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etish uchun oziq-ovqatlar, himoya vositalarini sotib olish, oʻrnatish va dezinfeksiya qilish ishlari, shuningdek, MTT xodimlarini mehnat taʼtilidan chaqirish boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Zarur xavfsizlik choralarini taʼminlab beruvchi xususiy MTTlari 2020 yil 15 iyundan faoliyatini boshlashi mumkin.

«Maktabgacha taʼlim vazirligi barcha holatlarni inobatga olib, davlat MTTlari faoliyatini xavfsiz va sifatli tashki etishga qaratilgan dastur asosida 15 iyundan 1 iyulgacha yoʻlga qoʻyadi. Shu bois vaziyatni toʻgʻri baholashingizni soʻraymiz», deyiladi xabarda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ