Abituriyentlar uchun muhim yangilik: Prezident qarori bilan yangi universitet tashkil etildi
Universitetga talabalar OTMlariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

“Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, geologiya sohasida taʼlim, ilmiy-tadqiqot va amaliyot integratsiyasiga ixtisoslashgan, Davlat geologiya qoʻmitasi taʼsischiligida davlat muassasasi shaklidagi Geologiya fanlari universiteti (Universitet) tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.
Universitet Davlat geologiya qoʻmitasi, togʻ-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun geologiya yoʻnalishidagi malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish boʻyicha respublikaning ixtisoslashgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Universitetga talabalar Davlat geologiya qoʻmitasi buyurtmalariga asosan shakllantiriladigan va har yili tasdiqlanadigan respublika OTMlariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Talabalar Oʻzbekistonning davlat taʼlim standartlari asosida geologiya va konchilik yoʻnalishidagi yetakchi xorijiy OTMlari, shu jumladan, Sankt-Peterburg konchilik universitetining qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha, ular bilan erishiladigan kelishuvlarga muvofiq oʻqitiladi.
Qaror bilan Universitetning Geoinnovatsion texnologiyalar markazi tashkil etildi, shuningdek Universitetning Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

