| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi210 marta oʻqildi

Endilikda «byudjet»da oʻqigan talabalar kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan qishloqlarda ishlashi taklif qilindi

Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga koʻmaklashish tizimini yaratiladi.

Endilikda «byudjet»da  oʻqigan talabalar kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan qishloqlarda ishlashi taklif qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Shavkat Mirziyoyev joriy yil iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini taʼminlash uchun 8 ta asosiy yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi

Kecha, 8 iyun kuni qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq, oʻzini oʻzi band qiluvchi faoliyat turlari soni 24 tadan 67 taga koʻpaytirildi.

Davlat rahbari Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga koʻmaklashish tizimini yaratish, oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish boʻyicha topshiriqlar berdi. Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalar 3 yil muddatga shunday hududlarga mehnat faoliyati uchun yoʻnaltirilishi taklifi bildirildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ