| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi53 marta oʻqildi

Qonun loyihasiga hokimlarning ayrim vakolatlarini cheklash toʻgʻrisida taklif kiritildi

Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qoʻyilishiga taqiq belgilash, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tugatish boʻyicha ularning vakolatlarini cheklash taklif etilmoqda.

Qonun loyihasiga hokimlarning ayrim vakolatlarini cheklash toʻgʻrisida taklif kiritildi

Qonunchilik palatasiga “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqish uchun kiritildi.

Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkorning mulki noqonuniy olib qoʻyilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi

Oliy sud tomonidan qonunchilik huquqi tashabbusi asosida taqdim etilgan ushbu qonun loyihasi mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Qonun loyihasida yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qoʻyilishiga taqiq belgilash, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tugatish boʻyicha ularning vakolatlarini cheklash taklif etilmoqda.

Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qoʻyish vakolatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berish nazarda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, hech kim sud qarorisiz mulk huquqidan mahrum qilishga yoki uni cheklab qoʻyishga haqli emasligi qonunda mustahkamlab qoʻyilyapti.

Xususiylashtirilgan xususiy mulk boʻlgan yer uchastkasini olib qoʻyish, basharti u natsionalizatsiya qilinadigan boʻlsa, faqat davlat va jamoat ehtiyojlari uchun hamda yer uchastkasi mulkdorining roziligi olinganida, xususiylashtirilgan yer uchastkasining shartnoma qiymati va boshqa zararlarning oʻrnini davlat tomonidan oldindan qoplash sharti bilangina, basharti u rekvizitsiya qilinadigan boʻlsa, xususiylashtirilgan yer uchastkasining mulkdoriga yetkazilgan zararlar va boshqalarning oʻrnini qoplash sharti bilan amalga oshirilishini nazarda tutish taklif etilmoqda.

Ayni paytda qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmita tomonidan tayyorlanmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ