Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga mehnat guvohnomasi beriladi
Soliq kodeksiga muvofiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.

“Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Oʻzini oʻzi band qilgan aholi daromad soligʻidan ozod qilinadi
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 iyuldan:
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxati kengaytiriladi;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni roʻyxatga olish xabar berish tartibida roʻyxatdan oʻtganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi hamda vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini berish tartibi bekor qilinadi;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 2020 yil uchun ijtimoiy soliqni oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qatʼi nazar, BHMning kamida 50 foizi hajmida toʻlaydi hamda ushbu summa toʻliqligicha byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda ish beruvchiga ega boʻla olmasligi toʻgʻrisidagi talab saqlanib qoladi.
Maʼlumot uchun, Soliq kodeksiga muvofiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

