| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi119 marta oʻqildi

Davlat ulushiga ega oʻnta bankning foiz stavkalari inflyasiyaga qarshi siyosat bilan uygʻunlashgan holda pasaytiriladi

9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda davlat ulushiga ega oʻnta bankda transformatsiya jarayonini oʻz vaqtida amalga oshirish kerakligi taʼkidlandi.

Davlat ulushiga ega oʻnta bankning foiz stavkalari inflyasiyaga qarshi siyosat bilan uygʻunlashgan holda pasaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Shavkat Mirziyoyev joriy yil iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini taʼminlash uchun 8 ta asosiy yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi

Maʼlumki, bank tizimida katta islohotlar belgilangan. Yigʻilishda bu choralarni jadallashtirib, davlat ulushiga ega oʻnta bankda transformatsiya jarayonini oʻz vaqtida amalga oshirish, foiz stavkalarini inflyasiyaga qarshi siyosat bilan uygʻunlashgan holda pasaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Joriy yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlariga topshiriqlar berildi.

Pandemiya sharoitida eksportni oshirish va valyuta tushumlarini taʼminlash juda dolzarb masala. Tashqi bozorlarda talabning keskin kamayishi eksportchi korxonalarimizga jiddiy taʼsir qilmoqda.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga eksport koʻrsatkichini 2019 yilgidan kam boʻlmagan miqdorda taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ