Birja yangiliklari
206 ta material

Aholi va tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar beriladi
2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilinadi.

Mahsulotlarni "onlayn" sotish imkoniyatini beruvchi "Milliy onlayn savdo maydonchasi"ni yaratiladi
2021 yil yakuniga qadar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini "onlayn" sotish va mijozlarga yetkazib berish, shuningdek ularga tovarlarni eksport qilish imkoniyatini beruvchi "Milliy onlayn savdo maydonchasi"ni yaratiladi.

Ravon Qozogʻistonda yangi avtomobillar savdosi reytingining birinchiligini egalladi
Oʻtgan yilda Qozogʻistonda 3 536 dona Ravon Nexia R3 avtomobillari sotilgan. Ravon bozorda yetakchilik qiluvchi brendlar TOP-5taligiga kirgan.

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ yil yakuniga qadar 2,5 million isteʼmolchini tarmoqqa ulaydi
17 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda isteʼmolchilar suv tarmogʻiga ulanmagani sababli daromadlar olinmayotgani uchun masʼul rahbarlarning ishi tanqid qilinib, “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatiga yil yakuniga qadar jami 2,5 million isteʼmolchini tarmoqqa ulash vazifasi qoʻyildi.

Itogi deyatelnosti AO "UzRTSB" ZA I polugodiye 2020 goda
Obshiy obʼyem sdelok, zaklyuchennix za I polugodiye 2020 goda na vsex torgovix platformax AO «Uzbekskaya respublikanskaya tovarno-siryevaya birja» sostavil 25 405,6 mlrd sumov, chto na 22% previshayet analogichniy pokazatel za I polugodiye 2019 goda.

2020 yilning I yarim yilida birja savdolari orqali 25 405 mlrd soʻmlik tovarlar sotildi
2020 yilning I yarim yillik yakunlariga koʻra Tovar xom-ashyo birjasida 25 405,6 mlrd soʻmlik bitimlar tuzilgan.

Oʻzbekistonda meva-sabzavotlikni rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari
Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribalarining tahlillari ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyasi va klasterlarini rivojlantirish zarurati borligini koʻrsatmoqda, deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Sobir Xasanov.

“Oʻzkimyosanoat” AJning 12 ta aktivi auksion savdolariga qoʻyiladi
Ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar “E-IJRO AUKSION”da boshlangʻich narxi ularning balans va (yoki) nominal qiymatida, agar balans qiymati “nol”ga teng boʻlgan taqdirda, shartli “1 soʻm” etib belgilanadi.

“UzAvto” brendidan foydalanish huquqiga ega boʻladigan MChJ shaklidagi boshqaruv kompaniyalari tashkil etiladi
8 iyul kuni tasdiqlangan Hukumat qaroriga koʻra, 2019 yil yakunlariga koʻra, "Oʻzavtosanoat" AJ aksiyalari boʻyicha dividendlarni sof foydaning 30 foizi miqdorida hisoblash va toʻlash muddati penya hamda foizlar hisoblanmasdan 2020 yil 31 dekabrgacha etib belgilandi.

7 iyul holatiga koʻra isteʼmol savatchasi oziq-ovqat narxlari indeksi
Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi. Natijada quyidagilar aniqlandi.

Auksion savdolarining natijalari QR-kod orqali rasmiylashtiriladi
“E-IJRO AUKSION” tizimida 1 sentyabrdan yangi tartiblar joriy qilinadi.

Infografika: Oʻzbekistonning qoʻshni davlatlar bilan savdo aloqalari
Istisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi pandemiyaning Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlar iqtisodiyotiga taʼsirini oʻrgandi.

Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha uchrashuvlarni qayta boshlaydi
Oʻzbekiston va Jahon savdo tashkiloti 7 iyuldaaʼzo boʻlish boʻyicha qoʻshma ishchi guruh majlisini videokonferensiya formatida oʻtkazadi.

Birjada sement narxi ketma-ket tushishda davom etmoqda
Birjada barcha markali sement narxi 724,0 ming soʻmgacha pasaydi. Oʻtkazilgan birja savdolariga jami 38,7 ming tonna sement mahsulotlari qoʻyilgan boʻlib, ulardan 99% sotilgan.

Oʻzbekistonda 1 iyuldan karantin qoidalari kuchaytiriladi
Haftaning dam olish kunlari bozorlar va savdo majmualari yopiladi va jamoat transportlari harakati kamayadi.

Birjada siment narxi tusha boshladi
29 iyun kuni birja savdolarida sementning oʻrtacha sotilish narxi 1 kg. Uchun 5 foizga pasaydi.

Facebook kompaniyasining aksiyalari 8,3 foizga tushib ketdi
Dunyodagi bir qator yirik kompaniyalar Facebook ijtimoiy tarmogʻiga qarshi uyushtirgan boykotdan soʻng Mark Sukerberg 7,2 mlrd dollar yoʻqotdi.

Oʻzbekiston va Rossiya oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirishni rejalashtirmoqda
Ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan oʻzaro savdo sohasida ijobiy tendensiyalarini mustahkamlash uchun olib borilayotgan faol hamkorlikdagi ishlari yaqin kelajakda savdo hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish imkonini beradi.

Buxorolik 5,3 mingdan ziyod ishlar oʻz ishiga ega boʻldi
Karantin davrida ish oʻrnini yoʻqotgan yoki xorijdagi muhojirlikdan qaytgan yoshlar ishga joylashtirildi. Joriy yil yakunlanadigan “Buxoro siti” tarkibidagi “Karvon shopping” savdo majmuasida 3 mingga yaqin doimiy ish joyi ochilishi rejalashtirilmoqda.

“Coca-cola”ning Oʻzbekistondagi davlat ulushi kim oshdi savdosiga qoʻyiladi
Hozirgi kunda Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi - 57,118 foiz ulush «Oʻzbekozikovkatxolding» kompaniyasiga tegishli.

Postpandemiya sharoitida iqtisodiyot va byudjet barqarorligini taʼminlash uchun qanday choralar koʻriladi?
COVID-19’ning tovar-xomashyo bozorlariga, savdo va pul oʻtkazmalariga taʼsiri va majburiy karantin choralarining qoʻllanishi Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining iqtisodiy oʻsish surʼatlarini keskin pasaytiradi. Oʻzbekiston va Turkmanistdan boshqa davlatlarda iqtisodiy pasayish kuzatilishi kutilmoqda.

“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Agentlik) muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.

Hukumat xususiylashtirishdan qancha daromad olgani maʼlum boʻldi
Joriy yilning boshidan buyon 352 ta davlat aktivlari, shu jumladan 77 ta kompaniyaning aksiyalari va 275 ta koʻchmas mulk obʼyektlari sotuvga qoʻyilgan.

Toshkentdagi "Versal" restorani sotildi
Toshkent shahridagi "Versal" restoranini auksion savdolariga qoʻygan edi. 15 iyun kuni restoran auksionda 35,33 mlrd. soʻmga sotildi.

Oʻzbekiston chegaralarda erkin savdo zonalari ochishni rejalashtirmoqda
Erkin savdo zonalariga olib kiriladigan mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxonasi hududidan tashqarida joylashgan deb hisoblanadi.
