| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi82 marta oʻqildi

Mahsulotlarni "onlayn" sotish imkoniyatini beruvchi "Milliy onlayn savdo maydonchasi"ni yaratiladi

2021 yil yakuniga qadar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini "onlayn" sotish va mijozlarga yetkazib berish, shuningdek ularga tovarlarni eksport qilish imkoniyatini beruvchi "Milliy onlayn savdo maydonchasi"ni yaratiladi.

Mahsulotlarni "onlayn" sotish imkoniyatini beruvchi "Milliy onlayn savdo maydonchasi"ni yaratiladi

Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari belgilanmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga eʼlon qilindi.

Hujjat loyihasiga koʻra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab mamlakat hududida pochta aloqasi xizmatlarini litsenziyalash tartibi joriy etilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, qaror bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Milliy operatorga quyidagilarni amalga oshirish vazifasi yuklatilmoqda:

  • 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan pochta aloqasi obʼyektlari tarmogʻi orqali yoʻllanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaquruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarni yetkazib berish hamda yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishnining yagona milliy tizimini joriy etish;

  • 2020 yil 1 dekabrdan boshlab respublikadagi barcha pochta obʼyektlarida zamonaviy xizmatlar, jumladan "Gibrid pochta" va kurerlik xizmatlarini rivojlantirish, bank, sugʻurta va boshqa xizmatlarni taqdim etishni yoʻlga qoʻyish;

  • 2021 yil yakuniga qadar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini "onlayn" sotish va mijozlarga yetkazib berish, shuningdek ularga tovarlarni eksport qilish imkoniyatini beruvchi "Milliy onlayn savdo maydonchasi"ni yaratish;

  • 2022 yil yakuniga qadar mijozlar nomiga kelgan pochta joʻnatmalarini olish uchun moʻljallangan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatuvchi avtomatlashtirilgan komplekslar (pochtamatlar) joriy qilish;

  • 2023 yil yakuniga qadar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga elektron tijorat orqali savdo qilishga sharoit yaratish maqsadida hududlarda "Fulfilment markazlari"ni ochish.

Qayd etilishicha, "Oʻzbekiston pochtasi" AJning qoʻshimcha aksiyalarini chiqarish va joylashtirish hisobiga davlat ulushini 51 foizgacha kamaytirish choralari koʻriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ