2020 yilning I yarim yilida birja savdolari orqali 25 405 mlrd soʻmlik tovarlar sotildi
2020 yilning I yarim yillik yakunlariga koʻra Tovar xom-ashyo birjasida 25 405,6 mlrd soʻmlik bitimlar tuzilgan.

2020 yilning I yarim yillik yakunlariga koʻra “Oʻzbekiston Respublika Tovar xom-ashyo birjasi” AJ da tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 25 405,6 mlrd soʻmni tashkil qildi va 2019 yilning I yarim yilligiga nisbatan 22% ga oʻsdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Tovar xom-ashyo birjasi matbuot xizmati.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 9 664,3 mlrd soʻmni tashkil etdi. Shu jumladan, tadbirkorlar birja orqali 6 552,5 mlrd soʻmlik tovar resurslarini xarid qilib, 3 111,8 mlrd soʻmlik mahsulot sotdilar.
Birja savdolari orqali 22 362,7 mlrd soʻmlik tovarlar sotilib, oʻsish 20,8% ni tashkil etdi. Sotuvchi korxonalar savdolar davomida real bozor narxlarining shakllanishi evaziga 1 283,2 mlrd soʻmlik qoʻshimcha daromad olishdi va bu 2019 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 18,8% ga koʻpdir.
Birja orqali 47,6 mln AQSh dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Shu jumladan birja eksportining tarkibini polietilen (39%), oʻsimlik yogʻi (20%), paxta tolasi (12%), neft mahsulotlari (12%), polipropilen (10%), suyultirilgan gaz (4%), chorva uchun yemlar (3%) va boshqa mahsulotlar egallashdi.
Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida elektron davlat xaridlari boʻyicha 1 583,2 mlrd soʻmlik bitimlar tuzildi, yaʼni deyarli oʻtgan yil darajasida boʻldi. Bunda byudjet va korporativ buyurtmachilarining mablagʻlarini tejalishi 12,2% ga oʻsib, 346,0 mlrd soʻmni tashkil qildi.
Koʻrgazma-yarmarka savdolarining hajmi 2,1 marotabaga oʻsib, 1 361,0 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu oʻz navbatida tadbirkorlarning birjaning elektron tijorat savdo tizimiga boʻlgan qiziqishlari keskin oshganligidan dalolat beradi.
Shuningdek, birjaning onlayn-auksionida 98,6 mlrd soʻmlik 24,8 mingdan ziyod avtoraqamlar sotildi va ularning umumiy qiymati oʻtgan yilning I yarim yilligiga nisbatan 36,3% ga oʻsdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

