“Oʻzkimyosanoat” AJning 12 ta aktivi auksion savdolariga qoʻyiladi
Ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar “E-IJRO AUKSION”da boshlangʻich narxi ularning balans va (yoki) nominal qiymatida, agar balans qiymati “nol”ga teng boʻlgan taqdirda, shartli “1 soʻm” etib belgilanadi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarning aktivlaridan samarali foydalanish hamda moliyaviy holatini sogʻlomlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarga qarashli boʻlgan boʻsh turgan, foydalanilmayotgan va tarmoqning asosiy faoliyat turiga bogʻliq boʻlmagan aktivlaridan samarali foydalanish maqsadida:
ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar (koʻchmas mulk obʼyektlari) roʻyxati;
davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans qiymatida beriladigan aktivlarning roʻyxati tasdiqlandi.
Unga koʻra, ommaviy savdolarda sotiladigan 12 ta, davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida beriladigan 3 ta aktiv belgilandi.
Ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar “E-IJRO AUKSION”da boshlangʻich narxi ularning balans va (yoki) nominal qiymatida, agar balans qiymati “nol”ga teng boʻlgan taqdirda, shartli “1 soʻm” etib belgilanadi.
Shuningdek, qaror bilan davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans qiymatida beriladigan aktivlar boʻyicha har qanday xarajatlarning kimyo korxonalari tomonidan amalga oshirilishi man etildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

