Oʻzbekiston va Rossiya oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirishni rejalashtirmoqda
Ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan oʻzaro savdo sohasida ijobiy tendensiyalarini mustahkamlash uchun olib borilayotgan faol hamkorlikdagi ishlari yaqin kelajakda savdo hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish imkonini beradi.

Oʻzbekiston va Rossiya yaqin kelajakda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollargacha oshirishlari mumkin. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sardor Umurzoqov Moskvaga xizmat safari chogʻida boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum qildi.
Moskvada Umrzoqov Rossiya Bosh vazirning oʻrinbosari Aleksey Overchuk, sanoat va savdo vaziri Dmitriy Manturov va iqtisodiy taraqqiyot vaziri Mixail Reshetnikov bilan uchrashdi.
2019 yilda oʻzaro savdo hajmi 6,63 milliard dollarni tashkil etdi va bir yil oldingiga nisbatan 15,6 foizga oʻsdi. Oʻtgan yili Oʻzbekistonga 1,3 milliard dollar (shundan toʻgʻridan-toʻgʻri - 650 million dollar) rus sarmoyasi kiritilgan, 2020 yilning birinchi choragida esa - 329,5 million dollar investitsiya qilingan, 2020 yil yakunlariga koʻra 1,5 milliard dollarlik Rossiya sarmoyasi oʻzlashtirilishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, investitsiya sohasida sheriklik, savdo aylanmasini koʻpaytirish va madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirishning samarali mexanizmi sifatida mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlashga alohida urgʻu berishga kelishib olindi. Shu nuqtai nazardan, Moskva shahrida boʻlib oʻtadigan II Mintaqalararo hamkorlik forumi va «Made in Uzbekistan» Milliy mahsulotlar koʻrgazmasiga birgalikda tayyorgarlik koʻrish doirasida oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

