| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Hukumat xususiylashtirishdan qancha daromad olgani maʼlum boʻldi

Joriy yilning boshidan buyon 352 ta davlat aktivlari, shu jumladan 77 ta kompaniyaning aksiyalari va 275 ta koʻchmas mulk obʼyektlari sotuvga qoʻyilgan.

Hukumat xususiylashtirishdan qancha daromad olgani maʼlum boʻldi

Yil davomida Oʻzbekistonda 1187 ta davlat aktivlari sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatining birinchi yili yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Joriy yilning boshidan buyon 352 ta davlat aktivlari, shu jumladan 77 ta kompaniyaning aksiyalari (ulushlari) va 275 ta koʻchmas mulk obʼyektlari (narxi 1 trln. soʻm; 2.9 trln. soʻm sarmoya kiritish va 4.3 mingta ish oʻrni yaratish sharti bilan) sotuvga qoʻyildi.

359 ta davlat aktivlari investorlarga 391.2 mlrd. soʻmga sotildi (shundan 294 tasi 3.2 trln. soʻm investitsiya kiritish va 5.1 mingta ish oʻrni yaratish sharti bilan).

Investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan 1327 ta davlat aktivlariga 1.1 trln. soʻm sarmoya kiritildi, 266 ta obʼyekt foydalanishga topshirildi va 8.4 mingta ish oʻrni yaratildi.

Faoliyat koʻrsatayotgan 84 ta korxonadan 46 tasi xususiy sektorga sotildi, 18 tasining faoliyati tiklandi (sof foyda - 6.3 mlrd. soʻm).

Umumiy hisobda 1.4 trln. soʻm davlat byudjetiga oʻtkazildi. Jumladan, xususiylashtirishdan 113.1 mlrd. soʻm, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan toʻlangan dividendlardan 1.3 trln. soʻm, davlat mulkini ijaraga berishdan - 6.6 mlrd. soʻm oʻtkazib beriladi.

"Oʻzbekneftgaz", "Oʻzbekenergo", "Asaka bank" va OʻzMilliy bank faoliyatini oʻrganish natijasida 171 ta nooziq-ovqat obʼyektlar agentlikka topshirildi. Ulardan 68 tasi sotuvga tayyorlanmoqda, 93 tasi savdo jarayonlaridan oʻtmoqda va 10 tasi sotildi.

Oltita sektor ("Oʻzbekneftgaz", "Oʻzbekenergo", "Oʻzsuvtaʼminot", "OʻzMilliy bank", " Humo Air")da qayta qurish (restrukturizatsiya) yakunlandi.

Toʻqqizta sektor ( "Oʻzpaxtasanoat", "Oʻzdonmahsulot", "Navoiy KMK", "Oʻzagroservis", geologiya - razvetka, yoʻl qurilishi, nashriyot - matbaa kompaniyalari va futbol klublari), shu jumladan 1144 ta tizimdagi korxonalar qayta tashkil etilmoqda.

Oltita tarmoq korxonalari "Yangi Angren IES" OAJ, "Angren IES" OAJ va "Oʻzbekkoʻmir" OAJ — Central Asian Energy kompaniyasiga, "Fargʻona NQIZ" — "Jizzax Petroleum" QKga, Toshkent hayvonot bogʻi — Wildfire Care shirkatiga, "Ammofos-Maksam" OAJ — Olmaliq KMKning ishonchli boshqaruviga berildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ