| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi190 marta oʻqildi

Toshkentdagi "Versal" restorani sotildi

Toshkent shahridagi "Versal" restoranini auksion savdolariga qoʻygan edi. 15 iyun kuni restoran auksionda 35,33 mlrd. soʻmga sotildi.

Toshkentdagi "Versal" restorani sotildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi Toshkent shahridagi "Versal" restoranini auksion savdolariga qoʻygan edi.

Sotuvdan koʻzlangan maqsad — xususiylashtirish, sababi restoran «Munitsipial aktivlarni boshqarish markazi» DUKning taʼsisligidagi «Tantana servis» MChJga tegishli.

Bino 0,33 gektar maydonni egallagan va qurilish maydoni 6,5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Bino fundamenti betondan va oʻzi pishgan gʻishtdan qurilgan. Gaz, suv va elektr tarmoqlari mavjud.

"Versal"ning boshlangʻich narxi — 34,6 milliard soʻm. Savdolarda ishtirok etish uchun 1,7 milliard soʻm miqdorida zakalat puli oʻtkazish talab qilingan. Lotda investitsion majburiyatlar belgilanmagan.

Arizalar 13 iyungacha qabul qilingan boʻlib, savdolar esa 15 iyunda oʻtkazildi.

"Versal" restorani binosi auksionda 35,33 mlrd. soʻmga "DIAMOND DRINKS CO" MChJga sotildi.

Maʼlumot uchun, "Versal" auksionga birinchi marta qoʻyilayotgani yoʻq, 2011 yilda «Alp Jamol bank»ni tugatish komissiyasi restoranni sud qarori asosida auksionga qoʻygandi. Oʻshanda toʻyxonaning boshlangʻich narxi taxminan 37,5 milliard soʻm deb belgilangan.

2018 yilda "Versal" restorani Tashkent City qurilishi sabab buzilgan Ezidyorʼga egalik qilgan Grand Duet kompaniyasiga berilishi mumkinligi haqida gap-soʻzlar tarqalgan.

Yakunda kompaniyaga Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Sayohat restorani nasib qildi. «Sayohat» ham 2011 yilda «Alp Jamol bank» ishi tufayli auksionda savdoga qoʻyilgan toʻyxonalardan biri.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ