Oʻzbekiston chegaralarda erkin savdo zonalari ochishni rejalashtirmoqda
Erkin savdo zonalariga olib kiriladigan mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxonasi hududidan tashqarida joylashgan deb hisoblanadi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekistonning Turkmaniston va Qirgʻiziston bilan chegaralarida erkin savdo zonalarini yaratishga oid prezident farmoni loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim qildi.
Loyihaga koʻra,Turkmaniston va Qirgʻiziston bilan chegaralarda erkin savdo zonalari yaratilishi rejalashtirilgan.
Qoʻngʻirot erkin savdo zonasi – Qoraqalpogʻistonning Turkmaniston bilan chegaradosh Qoʻngʻirot tumanida;
“Doʻstlik” erkin savdo zonasi – Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida, Qirgʻiziston bilan chegaradosh;
Erkin savdo zonalarining asosiy vazifalari:
savdo uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek, mahsulotlarga ishlov berish, ularni qadoqlash-joylash, saralash, saqlash zonalarini tashkil qilish;
xalqaro, mintaqaviy ulgurji va chakana savdoni rivojlantirish;
chegara hududlarida logistika xizmatlarining toʻliq spektrini rivojlantirish;
koʻrgazmalar uyushtirish orqali mintaqalararo biznes hamkorligini takomillashtirish;
aholi farovonligini oshirish hamda chegara hududlarida ish oʻrinlarini yaratish;
transport, tibbiyot, moliyaviy, koʻngilochar, mehmonxona, restoran hamda chakana savdo infratuzilmasini yaratish.
Erkin savdo zonalariga olib kiriladigan mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxonasi hududidan tashqarida joylashgan deb hisoblanadi.
Xizmat muddatini uzaytirish imkoniyati bilan ishtirokchilarni 30 yil muddatda mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suvdan foydalanish soligʻi hamda mikro va kichik biznes subʼyektlari uchun yagona soliq toʻlovidan ozod etish taklif etilmoqda.
Erkin savdo zonalari direktorlari davlatning maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va majburiy badallar toʻlashdan ozod qilinadi.
Hujjat 26 iyunga qadar jamoatchilik muhokamasida boʻladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

