| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Auksion savdolarining natijalari QR-kod orqali rasmiylashtiriladi

“E-IJRO AUKSION” tizimida 1 sentyabrdan yangi tartiblar joriy qilinadi.

Auksion savdolarining natijalari QR-kod orqali rasmiylashtiriladi

Barcha auksion savdolari natijalari 2020 yil 1 sentyabrdan QR-kodni qoʻllash orqali rasmiylashtiriladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabarida qayd etilishicha, “E-IJRO AUKSION” tizimida quyidagi tartiblar joriy qilinadi.

– auksionda shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi mobil ilovalar orqali ishtirok etiladi;

– davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari elektron shaklda ikki tomonlama tuzish orqali rasmiylashtiriladi;

– savdolarda mavjud lotlar haqida batafsil maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi doimiy yangilanib turadigan va Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan elektron katalog yaratiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ