Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha uchrashuvlarni qayta boshlaydi
Oʻzbekiston va Jahon savdo tashkiloti 7 iyuldaaʼzo boʻlish boʻyicha qoʻshma ishchi guruh majlisini videokonferensiya formatida oʻtkazadi.

Oʻzbekiston va Jahon savdo tashkiloti 7 iyulda qariyb 15 yillik tanaffusdan keyin ushbu tashkilotga aʼzo boʻlish boʻyicha qoʻshma ishchi guruh majlisini boshlaydi. Bu haqda OʻzA xabar qildi. Uchrashuvlar pandemiya tufayli hozircha videokonferensiya formatida boʻlib oʻtadi.

Shavkat Mirziyoyev: JSTga aʼzo boʻlish – Oʻzbekiston oldidagi eng ustuvor maqsadlardan biri
Oʻzbekiston 1994 yil iyun oyida tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimda kuzatuvchi maqomini olgan, 1998 yilda JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokara olib boruvchi ishchi guruh tashkil etilgan. Keyingi yillarda ushbu ishchi guruh faqat uch marotaba yigʻilgan. Soʻnggi uchrashuv 2005 yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgandi. Bundan avvalroq Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi ishchi guruh majlislari joriy yil mart oyining oxiri, aprel oyining boshlarida boshlanishini rejalashtirgan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli uchrashuvlar amalga oshmadi.
Vazirlik matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov JST bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaning navbatdagi majlisini oʻtkazgan. Unda ishtirokchilar muzokara olib boruvchi guruh majlisini qayta boshlash masalasini muhokama qilgan.
Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlib kirish jarayoni muhim vazifa boʻlib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga daxldor boʻlgan koʻplab masalalarni tezkor hal etishni talab etadi.
2017 yil noyabr oxirida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga tashrifi chogʻida mamlakat JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha saʼy-harakatlarni boshlab yuborganini taʼkidlagan edi. 2019 yil iyulda Oʻzbekiston tomoni mamlakatning tashkilotga aʼzo boʻlish haqidagi arizasini koʻrib chiqish uchun JSTga tashqi savdo toʻgʻrisidagi yangilangan memorandumni bergan. Mamlakat tashqi ishlar vazirligining maʼlumoti boʻyicha, Oʻzbekiston JSTga qoʻshilishida iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakat sifatida maʼlum bir imtiyozlarga ega boʻlishni moʻljallamoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

