| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Bozorlar2 daqiqada oʻqiladi

7 iyul holatiga koʻra isteʼmol savatchasi oziq-ovqat narxlari indeksi

Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi. Natijada quyidagilar aniqlandi.

7 iyul holatiga koʻra isteʼmol savatchasi oziq-ovqat narxlari indeksi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 7 iyul holatiga koʻra aholining isteʼmol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi.

Maʼlumot uchun: indeks goʻsht va sut mahsulotlari (mol goʻshti, qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyogʻ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.

Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi (yaʼni, aholi oʻrtasida ushbu mahsulot qancha koʻp isteʼmol qilinsa, uning ogʻirligi shuncha yuqori boʻladi).

Natijada quyidagilar aniqlandi:

2020 yil 7 iyul holatiga oziq-ovqat narxlari indeksi respublikada oʻtgan haftaga nisbatan -1,2% tashkil etdi.

Maʼlumot uchun: baliqning oʻrtacha narxi (1 kg) 22564 soʻmni tashkil etdi (oʻtgan haftaga nisbatan + 8,7%). Sutning oʻrtacha narxi (bir litri) 5 foizga oshdi va 8400 soʻmni tashkil etdi. Makaron narxi oldingi haftaga nisbatan 4,8 foizga oshdi va respublikada oʻrtacha narx 7352 soʻmni tashkil etdi. Bugʻdoy uni va guruch narxi 3,7 foizga oshdi va respublikada oʻrtacha narx mos ravishda 4417 soʻm va 9611 soʻmni tashkil etdi. Oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda mol goʻshti, parranda goʻshti va qoʻy goʻshti narxi 3 foizga oshdi va mos ravishda 51850 soʻm, 21124 soʻm va 53 705 soʻmni tashkil etdi. Olma (9295 soʻm), sabzi (2167 soʻm), piyoz (1594 soʻm), karam (1154 soʻm), noʻxat (10 054 soʻm), mosh (11 762 soʻm) va tuxum (10 ta) (8400 soʻm) kabi mahsulotlarning narxlarida sezilarsiz oʻsishi kuzatildi, (1-jadval).

1-jadval. 7 iyul holatiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlarining oʻtgan haftaga nisbatan foizda (%) oʻsishi yoki pasayishi

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika xizmati tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari

Shuningdek, mavsumiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari keskin pasaygani kuzatildi.

Maʼlumot uchun: tarvuzning oʻrtacha narxi (1 kg) -15% ga tushib, 1760 soʻmni tashkil etdi. Nokning oʻrtacha narxi (1 kg) -9,3 foizga pasayib, 15186 soʻmni tashkil etdi. Uzumning oʻrtacha narxi (1 kg) 9653 soʻmni (-7,2%) tashkil etdi. Qovun (-4%) va qovoq (-5%) ning ham oʻrtacha narxli pasayib mos ravishda 3442 soʻm va 3243 soʻmni tashkil qildi. Pomidor (-1.8%), kartoshka (-1.4%), loviya (-1.2%), mosh (-1.2%), shakar (-0.21%), bodring (-0.19) kabi oziq- ovqat narxlarining ham pasayishi kuzatildi (1-jadval).

Hududlar boʻyicha narxlarning sezilarli darajada pasayishi Surxondaryo viloyatida boʻlib narxlar indeksi -6,5% ga teng boʻldi, aksincha Xorazm viloyatida esa narxlar indeksi + 0.4% tashkil etdi, bu esa ushbu hududda narxlarning 0,4% ga oʻsganligidan dalolat beradi.

Samarqand viloyatida (-1.9%), Qoraqalpogʻiston Respublikasida (-1.5%), Andijonda (-1.4%) va Jizzax (-1.4%) viloyatlarida oziq-ovqat narxlar indeksi 2% dan past boʻldi. Respublikaning boshqa xududlarida indeks deyarli oʻzgarmadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ